O‘zsanoatqurilishbankda karyera qilish imkoni bor!


22.02.2019 11:44

O‘zsanoatqurilishbankda karyera qilish imkoni bor!

O‘zsanoatqurilishbank “Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer” hamda “Resepshn adminstratori” vakansiyalariga mutaxassislarni tanlov asosida ishga qabul qiladi!

O‘zbekistonning eng yirik banklaridan birida o‘z karyerasini boshlamoqchi bo‘lganlar uchun zo‘r imkoniyat!

Resepshn (qabulxona) adminstratorining asosiy vazifalari – mijozni xush kayfiyatda kutib olib, umumiy savollarga javob berish va kerakli mutaxassisga yo‘naltirish.

Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer esa jismoniy va yuridik shaxslarga konsultatsiya berishi, zarur amaliyotlarni bajarishi, xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashi lozim.

Talablar:
- Xushxulqlik, muomala madaniyati;
- O‘zbek, rus tillarini bilishi (ingliz tilini bilish imkoniyatingizni oshiradi);
- Bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Ish tajribasi.

Suratingiz joylashtirilgan ma’lumotnoma (rezyume, ob'yektivka)ni  z.barasheva@uzpsb.uz manziliga yuboring.
*Ish haqi va boshqa xos masalalar shaxsan suhbatdan so‘ng belgilanadi.




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up