Oʻzsanoatqurilishbankda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tajriba almashildi


29.09.2023 16:24

Joriy yilning 29-sentyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank bosh ofisida tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Hisob palatasi, Markaziy bank va tijorat banklari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish choralari koʻrilmoqda. Reytingga koʻra, ushbu yoʻnalishdagi faoliyati “yaxshi” deb baholangan muassasalar qatorida Oʻzsanoatqurilishbank ham oʻrin olgan.

Seminarda Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yaqin istiqboldagi vazifalar xususida axborot berildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha alohida tuzilma tashkil etilib, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida ishlaydigan antikorrupsion tizim joriy qilindi. Korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot berish uchun Komplayens ishonch liniyalari ishga tushirildi. Bankning Toshkent shahri va barcha hududiy tarmoqlarida komplayens nazorat xodimlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolanib, “yoʻl xaritasi” belgilab olindi.

Natijada, Oʻzsanoatqurilishbank tijorat banklari orasida birinchilardan boʻlib Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Bugungi kunda bank tomonidan ushbu yoʻnalishdagi oʻndan ziyod ichki hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi, zaruratga koʻra yangi meyoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bosh bank va hududiy tarkibiy boʻlinmalar faoliyati oʻrganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. 4 mingdan ziyod xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi talablari boʻyicha seminar va treninglar tashkil etilib, ular test sinovlaridan oʻtkazildi. 30 nafar xodim Xalqaro komplayens assotsiatsiyasi (ICA, Buyuk Britaniya) tomonidan tashkil etilgan oʻquv kurslarida qatnashib, xalqaro sertifikatga ega boʻldi.

Joriy yilning birinchi yarmida bank tizimidagi barcha xodimlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga muvofiqlik deklaratsiyasi qabul qilinib, manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiqligi tahlil etildi.

Bosh bank va hududiy tarkibiy boʻlinmalar, bank taʼsischiligi va ishtirokida tashkil etilgan shoʼba korxonalarda korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini aniqlashga qaratilgan monitoring oʻtkazildi.

Seminarda ishtirokchilar diqqati shu yilning iyun oyida Oʻzsanoatqurilishbank va uning hududiy tarkibiy boʻlinmalari “Cert International” tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan birinchi tashqi kuzatuv audit jarayonlariga qaratildi. Tekshiruv natijalari bankning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiqligini tasdiqlagani alohida eʼtirof etildi.

Tadbirda, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha boshqa tijorat banklari faoliyatiga bagʻishlangan taqdimotlar ham namoyish etildi.

Mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarga chek qoʻyishga qaratilgan galdagi ustuvor vazifalar boʻyicha fikr almashildi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.10.2023 10:10  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит