Oʻzsanoatqurilishbankda Oʻqituvchi va murabbiylar kuni yangicha ruhda oʻtkazildi


03.10.2021 10:39

Joriy yilning 30-sentyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisi hamda filiallarida 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yozilgan bayram dasturxoniga muassasa faxriylari bilan birga xodimlarning ota-onalari ham taklif etildi.

1-oktyabr nafaqat Ustoz va murabbiylar kuni, balki bizni hayotga tayyorlagan ota-onalarimizning ham bayramidir. Shu bois Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan bu yilgi bayramga oʻzgacha taraddud koʻrildi.
Tadbirga mazkur bankda uzoq yillar mehnat qilib ayni paytda nafaqada boʻlgan nuroniylar bilan birga xodimlarning ota-onalari ham taklif etildi.
Qayd etish lozimki, bu tajriba banklar orasida birinchi marta aynan Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan amalga oshirildi.
Uchrashuv davomida xodimlar ota-onalari uchun bank ofisi boʻylab ekskursiya uyushtirildi. Bunda ular oʻz farzandlarining qayerda, kimlar bilan, qanaqa sharoitda ishlayotgani, ishxonadagi bir kunlik hayoti qanday oʻtishi bilan yaqindan tanishishdi.
– Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan uyushtirilgan bayram tadbiriga ota-onalarning taklif etilishi biz uchun muhim yangilik, boshqalar uchun esa oʻrnak boʻluvchi ulugʻ ish boʻlibdi, – deydi mehmonlardan biri Qurbon Boymurodov. – Bunday tashabbus shu paytgacha hech bir jamoada kuzatilmagan deb oʻylayman. Bu alohida qunt, vaqt talab etadi. Barcha ota-onalar nomidan bank rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Uzogʻini koʻzlab olib borayotgan ishlariga omad tilayman.
Shuningdek, uchrashuv davomida ota-onalar eʼtiboriga bank faoliyati, uning yutuqlari hamda kelgusidagi maqsad va vazifalari haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.
Bayram dasturxoni yozilib, konsert dasturi taqdim qilindi.
Unda Bank Boshqaruvi raisi S.Annaklichev soʻzga chiqib, tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
– Bankimiz mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi eng faol, eng barqaror moliya muassasasi hisoblanadi, – deydi S.Annaklichev. – Bunday darajaga yetishishimizda siz aziz ustozlar va ota-onalarning alohida hissangiz bor. Shuning uchun sizlarni har qancha ulugʻlasak, eʼzozlasak kam. Tashrifingizdan boshimiz koʻkka yetdi.
Tadbir soʻngida Bank tomonidan mehmonlarga estalik sovgʻalari ham ulashildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.10.2021 10:46  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит