O‘zsanoatqurilishbankning yana uchta binosi “yashil” sertifikatga ega bo‘ldi


24.12.2024 10:00

O‘zsanoatqurilishbankning yana uchta binosi  “yashil” sertifikatga ega bo‘ldi

O‘zsanoatqurilishbankning Buxoro viloyatidagi bank xizmatlari ofisi, Toshkent shahridagi “Labzak” va Toshkent viloyatidagi “Olmaliq” bank xizmatlari markazlariga EDGE xalqaro sertifikatlari topshirildi. Bu esa bank tizimida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini faol joriy etish borasidagi chora-tadbirlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida O‘zsanoatqurilishbank tizimida energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, Bank binolarini xalqaro standartlar asosida qurish hamda ularni sertifikatlash jarayonlari davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda “HPBS” tadqiqot va ekologiya muhandislik markazi bilan birgalikda rivojlanayotgan bozorlar uchun "yashil" qurilishni sertifikatlashga qaratilgan dastur (Excellence in Design for Greater Efficiencies – EDGE) asosida samarali ishlanmalar joriy etilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbankning Buxoro viloyatidagi bank xizmatlari ofisi, Toshkent shahridagi “Labzak” va Toshkent viloyatidagi “Olmaliq” bank xizmatlari markazlarini sertifikatlash jarayonida binoda tabiiy resurslar va qurilish materiallari sarfini optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar chuqur o‘rganildi.

Natijada, elektr energiyasi iste’moli, suv sarfi va qurilish materiallaridan chiqadigan uglerod chiqindilari sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi.

“HPBS” tadqiqot va ekologiya muhandislik markazining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Anna Zavaleeva ta’kidlaganidek, EDGE sertifikatining mavjudligi Bank tizimida “green banking” tamoyillari doirasida ishlashni rivojlantirish, "yashil" binolar qurilishini rag‘batlantirish, xizmatlar ko‘rsatishda barqarorlik va energiya samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zsanoatqurilishbank binosi uchun birinchi EDGE sertifikati joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib topshirilgan edi.

Bu, o‘z navbatida, Bankning xalqaro moliya institutlaridan turli imtiyozlar olishi va yetakchi xorijiy moliya institutlaridan "yashil" investitsiyalarni jalb etishga xizmat qiladi.

Ayni paytda O‘zsanoatqurilishbankning boshqa filiallarini ham EDGE standartlariga moslashtirish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...

09/29/2026 05:51:41 pm
SQB “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududida talaba yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlas ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.12.2024 20:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит