OAV vakillari “Namangan sement”ga tashrif buyurishdi


25.09.2023 16:50

Oʻzsanoatqurilishbank, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Energetika vazirligi hamkorligida “Namangan sement” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlar muqobil energiya manbalari hisobiga faoliyat yuritayotgan korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Namangan viloyatining Chust tumanida joylashgan “Namangan sement” sement ishlab chiqarish boʻyicha vodiydagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Bu yerda yiliga 1,1 mln tonna sifatli sement mahsuloti ishlab chiqariladi. 

Korxona Xitoyning zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalari bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish toʻliq avtomatlashtirilgan boʻlib, mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan. 

2022-yilda jamiyat investitsiya dasturi doirasida qoʻshimcha ishlab chiqarish quvvatini oshirdi. Bu yerda qariyb 1000 nafar namanganlik yoshlar ish bilan taʼminlangan. Eʼtiborlisi, korxonada tayyorlangan mahsluotlarga nafaqat mahalliy bozorda, balki qoʻshni davlatlardan ham talab yuqori.

Press-tur davomida ommaviy axborot vositalar vakillari koʻmirda tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ushbu muqobil energiya manbasi afzalliklari, iqtisodiy ahamiyati haqida maʼlumotga ega boʻldi.

– Zavod yiliga 245 milliard soʻmlik tabiiy gazni tejagani holda, bir yilda qoʻshimcha 125 milliard soʻmni iqtisod ham qiladi, – deydi “Namangan sement” MCHJ rahbari Rashid Murodov. – Qolaversa, kelgusida bu yerda mavjud issiqlikni maxsus uskunalarga yoʻnaltirish orqali elektr energiyasiga nisbatan talabining 40 foizini taʼminlash ham koʻzda tutilmoqda. Bu esa qoʻshimcha qariyb 25 milliard soʻmni tejash imkonini beradi. 


Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.10.2023 16:51  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит