24-oktabr kuni SQB binosida "Oltin hosil" aksiyasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida 28 nafar omonatchiga turli og‘irlikdagi oltin quymalar va boshqa qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Jumladan, 15 ta 5 grammli, 10 ta 10 grammli va 3 ta 20 grammli oltin quymasi o‘ynalib, o‘z egalarini topdi.
"Oltin hosil" aksiyasi bank mijozlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda may-iyun oylarida 30 mln so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda muddatli omonat ochib, ushbu mablag‘larni sentabr oyigacha saqlagan mijozlar ishtirok etdi.
G‘oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlangan bo‘lib, bu jarayonning shaffof o‘tishini ta’minladi.
"Oltin hosil" omonatchilar uchun nafaqat barqaror daromad olish, balki qimmatbaho sovg‘alar egasiga aylanish imkoniyatini ham berdi.
Bank Axborot xizmati
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...

