Plastik kartalar: bolalarga kerakmi?


20.04.2020 20:29

Plastik kartalar: bolalarga kerakmi?

Bolalarning oʻzi bu haqida qanday fikrda ekanligini soʻrab koʻrdik

Lola, 12 yosh: 

“Oʻzimning shaxsiy kartam bor, undan doimiy ravishda foydalanib kelaman. Ilgari tez-tez pulimni yoʻqotardim - yo choʻntagimdan tushib qolardi, yo qayerdadir unutib qoldirardim ...
  
Hozir esa shunchaki kartani telefonimning gʻilofi ichiga solib qoʻyganman. Ishonmaysiz, bu shu qadar qulay-ki! Koʻp odamlar qoʻlini urgan qogʻoz pullarga tegishga hojat qolmaydi (ayniqsa hozirgi karantin sharoitida juda dolzarb masala). 

Karta yordamida, asosan mobil aloqa xizmatlariga toʻlayman. Biror muhim narsani xarid qilishga pulim yetmasa, ota-onamdan kartamga kerakli summani oʻtkazishlarini soʻrayman.  Uyga pul uchun kelib, yana doʻkonga qaytib borishdek ovoragarchiliklar yoʻq. Elektron pullar juda qulay”.

Siz ham farzandingizga bank kartasini ochib berishingiz mumkin, buning uchun SQBning “Oilaviy karta” xizmatidan foydalanasiz. U oilaning bir necha aʼzosiga tegishli kartalarni bitta karta hisobiga bogʻlash va xarajatlarni nazorat qilish imkonini beradi. 




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.05.2020 20:24  
up