


O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent shahridagi Uchtepa hamda Mirzo Ulug‘bek nomli tumanlar tadbirkorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Prezidentimiz tomonidan mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilish maqsadida ilgari surilayotgan yangi tashabbuslar hamda so‘nggi yillarda o‘zini oqlayotgan iqtisodiy dasturlar mazmun-mohiyati haqida tushuncha berildi.
Bu borada bankning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, shu jumladan, mahallabay ishlash tizimi, mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar faoliyati, shuningdek, soddalashtirilgan tartibda joriy qilinayotgan kredit mahsulotlari va onlayn turdagi moliyaviy xizmatlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozim, joriy yilda bank tomonidan Uchtepa tumanida 5300ga, Mirzo Ulug‘bek nomli tumanda esa, 14 mingga yaqin aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Bank Axborot xizmati
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...
2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...
...
