Qadrli do‘stlar, pullaringizni qo‘lga kiritish maqsadida jinoyatchilar ishlatadigan hiylalarni yana bir bor eslatib o‘tamiz


24.09.2021 11:41

Qadrli do‘stlar, pullaringizni qo‘lga kiritish maqsadida jinoyatchilar ishlatadigan hiylalarni yana bir bor eslatib o‘tamiz

SQB nomidan pul mukofotlari bo‘lgan sovrinli o‘yin e'lon qilishadi. Tanlov shartlariga ko'ra, ular avval sizdan maxsus guruhga ishtirokchi qo‘shishni, keyin esa pul mukofotini o‘tkazish uchun ularga plastik kartangizga aloqador ma'lumotlarni aytishni so‘rashadi. Tabiiyki, siz nafaqat hech narsa olmaysiz, balki kartangizdagi barcha mablag‘larni ham yo‘qotishingiz mumkin.

Sizga bank yoki to‘lov tashkiloti nomidan qo‘ng‘iroq qilib, kartangizdan pul yechib olishga urinish bo‘lgani haqida xabar berishadi. Ba'zan bu "afsona" o‘zgaradi, lekin natija bir xil - sizdan pullaringizni yechib olish imkonini beradigan maxfiy ma'lumotlarni aytishni so‘rashadi.

Bu nayranglarga aldanmang!

Bank kartalari ulangan telefon raqamingizga kelgan SMS-kodni, shuningdek, banklar, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalariga kirish uchun login va parollarni hech kimga aytmang.

SQB barcha aksiyalar va tanlovlar haqida faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va bank saytida e'lon qiladi.

Hushyorlikni yo‘qotmang va ushbu ma'lumotlarni do‘stlaringiz bilan ham bo‘lishing!





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.09.2021 11:51  
up