Qoʻngʻirotlik tadbirkorlar bilan uchrashuv


23.10.2024 14:30

Oʻzsanoatqurilishbank Boshqaruvi rahbariyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. 
Muloqotda bankning tadbirkorlarga koʻrsatayotgan xizmatlari, moliyaviy imkoniyatlar, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan qulayliklari muhokama qilindi. 

Muloqotda Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosarlari Shaxzod Yusupov hamda Davron Umarovlar tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi, bankning kreditlash dasturlari, ishbilarmonlikni rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha taqdim etilayotgan boshqa xizmatlari haqida batafsil maʼlumot taqdim etdilar. 
Oʻzsanoatqurilishbank tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning faoliyatini moliyalashtirish, biznes rivoji uchun zarur boʻlgan barcha imkoniyatlarni yaratish yoʻlida oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.10.2024 14:31  
up