Joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zsanoatqurilishbankka biriktirilgan 30 ta mahalladagi 253 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi. Ularni tadbiq etish uchun 3,7 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratilib, natijada 570ga yaqin aholi bandligi ta’minlandi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishga, balki ko‘plab ijtimoiy masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi muhim soha. Bu – aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish, hududlardagi infratuzilmalar, xizmat ko‘rsatish va servis jozibadorligini oshirish, bu – inson salohiyatini ishga solish, ilm-fan va innovatsiyalar taraqqiyoti omilidir.
Shu bois mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsadida ko‘plab iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari qo‘llanilmoqda.
Ushbu islohotlarning mas’ul ijrochilari qatorida bank tomonidan zarur tizim yaratildi, ishchi guruhi tashkil etildi.
Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi 7-sonli qarori ijrosi doirasida bank tomonidan ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi.
“Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.
Joriy yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bankka biriktirilgan 30 ta mahalladagi 253 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi.
Ularni tadbiq etish uchun 3,7 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, 570ga yaqin aholi bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida 142 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 497 ta ish o‘rni barpo etildi.
11,9 mlrd. so‘mlik kredit ajratish hisobiga 384 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada ushbu hududda 540dan ortiq aholi ish bilan ta’minlandi.
“Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha 550 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 8,4 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.
Joylarda tashkil qilingan uchrashuvlarda 1,5 mingdan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi. Ulardan kelib tushgan 188 ta murojaatning 187 tasi ijobiy hal etilib, qolgan qismi bank rahbariyati nazoratiga olindi.
Bugungi kunda bank tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar faol davom etmoqda. Bu borada reja va maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish va faoliyatini kengaytirishga har tomonlama qo‘maklashish maqsadida hududda mas’ul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Ochiq muloqotlarda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni o‘z vaqtida hal qilish choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etish joiz, yil yakuniga qadar “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida “Biznesga omad” kredit mahsuloti asosida bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 ta loyihaga kredit mablag‘lari ajratish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 600 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.
Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa 677 ta yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...
“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...

