Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi


08.01.2025 16:22

Qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Nukus shahri hamda Qo‘ng‘irot va Taxiatosh tumanlari tadbirkorlari uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda oltmishga yaqin ishbilarmon doiralar vakillari qatnashdi.

2024-yilning 16-dekabr kuni Prezidentimiz raisligida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda banklarning mahallalarda hokimliklar bilan muvofiq ishlash tizimi ko‘rsatib o‘tilib, har bir mahalla bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.

Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zsanoatqurilishbankka 711 ta, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri hamda Qo‘ng‘irot va Taxiatosh tumanlarida 30 ta mahalla biriktirildi.

Uchrashuvlarda dastlab aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ushbu maqsadda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda taklif etilayotgan xizmat va mahsulotlar haqida batafsil tushuncha berildi.

Qayd etish joiz, bank tomonidan 2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik va o‘rta biznesga 292,7 mlrd. so‘m, turli iqtisodiy dasturlar doirasida esa, 121,8 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratish rejalashtirilgan. Natijada 6200dan ziyod aholi qatlami doimiy ish va tadbirkorlikka jalb qilinishi hisobiga daromadli mehnat bilan ta’minlanadi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tkazilgan tadbirda mahallalarning biznes imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbirkorlarning g‘oya va rejalari, ularni tadbiq etishda to‘sqinlik qilayotgan masalalar tinglanib, yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 08.01.2025 16:25  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит