Qurilish materiallari 58 ta davlatga eksport qilinmoqda


26.09.2024 17:05

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda O‘zsanoatqurilishbank hamkorligida qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda drayver soha hisoblangan qurilish materiallari sanoatida 2017-2023-yillarda yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Sohada malakali kadrlar tayyorlash, xorij tajribasini jalb qilgan holda yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish, eksport bozorlarini kengaytirish tizimi tubdan qayta isloh qilindi.

Jumladan, sohada ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 2 barobar o‘sib, 14 mingga yetdi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi esa 2017-yildagi 8 trln. so‘mdan 2023-yilda 34,2 trln. so‘mga yetkazildi yoki 4 barobarga oshdi.

9 mlrd. AQSH dollarilik investitsiya o‘zlashtirildi va yangi amalga oshirilgan loyihalar doirasida 94 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi.

Yangi 36 turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi va eksport bozorini kengaytirish hisobiga eksport davlatlari soni 2017-yildagi 28 tadan 58 taga kengaytirildi.

Qurilish materiallari keng hajmli, og‘ir vaznli ekanligidan kelib chiqib, asosiy eksport bozorlari hisoblangan qo‘shni davlatlarga mahsulot eksporti 8 barobarga oshirildi va Latviya, Niderlandiya, Belgiya kabi yangi istiqbolli eksport bozorlari o‘zlashtirildi.

Eksport hajmini oshirish maqsadida 9 ta davlatda tashkil etilgan ko‘rgazma va savdo forumlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan ishtiroki ta’minlandi. Ozarbayjonning Boku shahrida “O‘zbekiston savdo uyi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Natijada, qurilish materiallari eksporti 9 barobarga o‘sib, 2017-yildagi 71 mln. dollardan 2023-yilda 654 mln. dollarga yetkazildi.

Shuningdek, 2017-yilda mavjud bo‘lgan 885 ta konni o‘zlashtirish darajasi 38,6 foizni tashkil etgan. Hozirda esa, 1873 ta koni o‘zlashtirish ishlari jadal borib, bu boradagi ko‘rsatkich 82 foizni tashkil etmoqda.

Brifingda joriy yilda 38 trln. so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarilishi, 2025-yilda esa, ushbu ko‘rsatkich 44,7 trln. so‘mga yetkazilishi ma’lum qilindi.

Eksport hajmi shu yil 1 mlrd. dollarni, kelgusida yilda 1,2 mlrd. dollarni tashkil etishi ta’kidlandi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida joriy yilda 2 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, bazaltdan kompozit materiallar keramogranit, kompozit pol qoplamalari, PVX marmarli panellar, HPL panellar kabi yuqori qo‘shilgan qiymatli, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari o‘zlashtiriladi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

05/21/2026 12:17:50 pm
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Sayyora Sanjarbek qizi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Xonobod xizmatlar ma ...

05/21/2026 11:13:40 am
SQBda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkaziladi

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi tashabbusi bilan joriy yilning 22-may kuni Namanga ...

05/20/2026 04:54:56 pm
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.09.2024 17:06  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит