Qurilish materiallari importi sezilarli darajada qisqarmoqda


06.12.2023 10:45

Axborot va ommaviy kommuniksiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida import o‘rnini bosuvchi sifatli mahsulotlar turini kengaytirishda amalga oshirilayotgan loyihalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning yanvar-noyabr oylari davomida qurilish materiallari sanoatida 1 trln. 783,4 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, rejaga nisbatan 105,4 foiz o‘sish ta’minlandi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda soha korxonalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatiladigan xomashyolar, xususan, keramik plitkalar, sement, bezakli oynalar, issiqlik saqlovchi materiallar, quruq qorishmalar, glazurlangan keramogranit, olovbardosh g‘ishtlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yangi turdagi innovatsion va energiya samarador bo‘lgan gazobeton, shisha tolasidan issiqlik saqlovchi materiallarni jahon standartlariga mos qilib ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida joriy yilda hududlarda tashkil etilgan kooperatsiya yarmarkalarida 19,1 mlrd. so‘mlik 111 ta tarmoqlararo hamkorlik shartnomasi tuzildi. Elektron savdo platformasida doimiy ravishda 20 dan ortiq turdagi qurilish materiallari joylashtirib kelinmoqda.

Shuningdek, “O‘zkimyosanoat” AJ bilan soha korxonalari ehtiyoji uchun kimyoviy moddalar DSP yelimi tayyorlash uchun “Formalin-37%” va “Karbamid A” («Termiz ta’minlash butlash» MCHJ) yetkazib berish amalga oshirilmoqda.

Joriy yil yakunga qadar 693 mln. dollarlik qurilish mahsulotlari import qilinishi, o‘tgan yilga nisbatan 19 mln. dollarga (97 foizga) kamayishi kutilmoqda.

Import tarkibini asosan yog‘och-qirindi plitalari (119 mln. doll.), gulqog‘oz (69 mln. doll.), keramik plitkalar (41 mln. doll.), sanitar keramika mahsulotlari (14 mln. doll.) tashkil etgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida hamda tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga import hajmlarini kamaytirish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, sement, keramik plitkalar, keramogranit, quruq qorishmalar, PVXdan quvur va fitinglar kabi ko‘p hajmda import bo‘layotgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish maqsadida sohada joriy yil yakuniga qadar qariyb 2,0 mlrd. dollarlik investitsiya loyihalari o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Qurilish materiallari sohasini rivojlantirish, mahalliy tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali mahsulotlar importini qisqartirish bo‘yicha tegishli vazirlik va tashkilotlarga takliflar bildirildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 22.12.2023 10:46  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит