Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida aholi murojaatlari tizimli oʻrganilmoqda


05.06.2023 09:50

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda Oʻzsanoatqurilishbank hamkorligida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida aholi murojaatlariga bagʻishlangan brifing oʻtkazildi.

Brifingda joriy yilning birinchi choragida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 21 ta murojaat kelib tushgani taʼkidlandi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 17 ta hamda bevosita uyushmaga 4 ta murojaat yoʻllangan. Shundan virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlarning 5 tasi qanoatlantirilgan, 2 tasiga tushuntirish berilgan, qolgan 10 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan.

Bevosita uyushmaga kelib tushgan murojaatlarning esa, 2 tasi qanoatlantirilgan, yana 2 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yoʻnaltirilgan.

Tahlillarga koʻra, murojaatlarning 47 foizi uyushma tizimidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishga kirish va tiklash, 24 foizi ish haqi, moddiy yordam, kompensatsiyalar kabi ijtimoiy toʻlovlar haqida, qolgan qismi esa, shikoyat ruhidagi masalalardan tarkib topgan.

Brifingda ushbu tahlillar asosida uyushma hamda tarmoq tashkilotlari bilan birgalikda murojaatlarni tizimli oʻrganib, qonuniy hal etish yuzasidan doimiy ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Ijro intizomi xususida toʻxtalinib, hisobot davrida “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi zimmasiga yuklatilgan 12 ta topshiriqning barchasi oʻz muddatida bajarilgani aytib oʻtildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 10.07.2023 14:50  
up