Qurilish materiallari sanoati: o‘sish sur’atlari, yangi bozorlar va energiya tejamkor texnologiyalar


13.10.2026 06:49

Qurilish materiallari sanoatida o‘sish ishlab chiqarish hajmini oshirish bilan birga, eksportni kengaytirish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hisobiga ham ta’minlanmoqda. Ushbu omillar korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilyapti.
Joriy yilning 13-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan tashkil etgan brifingda tarmoqda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport bozorlarini kengaytirish, energiyani tejash va investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

Ishlab chiqarish, investitsiyalar va eksport

Yilning to‘qqiz oyida mamlakatda 46,8 trillion so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,7 foiz ko‘p. Eksport hajmi 1,13 milliard AQSH dollaridan oshib, 1,4 barobarga o‘sdi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida esa 4,36 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Tarmoqdagi o‘sish investitsiyalar hajmi ortishi bilan ham bog‘liq.
– 2026–2027-yillarda qurilish materiallari sanoatida umumiy qiymati 6,2 milliard dollar bo‘lgan 269 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Adham Quvondiqov. – Joriy yilning to‘qqiz oyida xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 2,2 milliard dollar o‘zlashtirildi. Bu rejadagi ko‘rsatkichning 103,2 foiziga teng.
Mablag‘lar yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilmoqda.
Eksportda metall buyumlar, PVX va plastmassa mahsulotlari, portlandsement, alyuminiy hamda qog‘oz mahsulotlari asosiy o‘rinni egallamoqda.
Shunday korxonalardan biri O‘zsanoatqurilishbank moliyaviy ko‘magida ishlab chiqarishini kengaytirayotgan “Azia metall prof” mas’uliyati cheklangan jamiyatidir. Korxona joriy yilning to‘qqiz oyida 165,5 million dollarlik metall listlar, profillar va ruxlangan po‘lat mahsulotlarini o‘nga yaqin mamlakatga eksport qildi.

Energiya tejamkorligi – xarajatlarni kamaytirishning amaliy yo‘li

Qurilish materiallari, ayniqsa, sement ishlab chiqarish ko‘p energiya talab qiladi. Shuning uchun energiyadan samarali foydalanish mahsulot tannarxini kamaytirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Yillik elektr energiyasi iste’moli 1,8 milliard kVt·soat bo‘lgan 34 ta korxonada energiya auditi o‘tkazildi. Ularda 300 million kVt·soat elektr energiyasini tejash bo‘yicha choralar belgilandi.
2026-yil yanvar–sentabr oylarida 228,2 million kVt·soat elektr energiyasi tej aldi. Shundan 161,5 million kVt·soat chiqindi issiqlikdan foydalanish texnologiyalari, 29,1 million kVt·soat quyosh panellari, 37,6 million kVt·soat esa reaktiv kondensatorlar o‘rnatish va boshqa choralar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanayotgan korxonalardan biri – “Toshkent Conch Cement”. Korxonada umumiy quvvati 5 ming kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatildi va 9 MVt quvvatga ega WHR texnologiyasi ishga tushirildi.

Ma’lumki, WHR (Waste Heat Recovery) – ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ortiqcha issiqlikdan qayta foydalanish texnologiyasi. Sement zavodlarida bu usul ortiqcha issiqlik hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunday texnologiyalar tashqi energiya manbalariga ehtiyojni kamaytiradi, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytiradi va mahsulot raqobatbardoshligini oshiradi.
Davlat energetika reyestriga kiritilgan yana 38 ta korxonaning 31 tasida majburiy energiya auditi yakunlandi. Qolgan 7 ta korxonada audit ishlari davom etmoqda. Ularning natijasiga ko‘ra, qo‘shimcha 9 million kVt·soat elektr energiyasini tejash mumkin.

Keyingi vazifa – o‘sish sifatini oshirish

Qurilish materiallari sanoatining keyingi rivoji ishlab chiqarish hajmi bilan birga mahsulot sifati, tannarxi va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshlikka ham bog‘liq.
Shuning uchun investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mahalliylashtirishni kengaytirish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish muhim vazifalar bo‘lib qolmoqda.
O‘zsanoatqurilishbank tarmoq korxonalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashishda davom etadi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB
Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati




Boshqa yangiliklar

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 14.10.2026 11:50  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит