Qurilish materiallari sanoatiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazildi


16.03.2023 17:29

Qurilish materiallari sanoatiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazildi

Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Oʻzsanoatqurilishbank va “Ohangaronsement” AJ hamkorligida “Sement, beton ishtab chiqarish va qoʻllashdagi zamonaviy texnologiyalar” mavzuida xalqaro anjuman boʻlib oʻtdi.

Anjumanda Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston va Oʻzbekistondan 50 dan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, yirik qurilish kompaniyalari vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbir dasturiga koʻra, sement va beton ishlab chiqarishda jahon tajribasi, yangi texnologiyalar va ishlanmalar, innovatsion loyihalar, shuningdek, respublikamizda ushbu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari haqida maʼlumot berildi.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “AKKERMAN” MCHJ, “Ohangaronsement” AJ, Turkiyaning “CHRYSO” va Rossiyaning “Sintez OKA” kabi etakchi kompaniyalari mutasaddilari tomonidan sement va beton ishlab chiqarish, mahsulotlarning kimyoviy tarkibi, sifati va narx-navosi, marketing hamda logistika masalalari boʻyicha taqdimotli chiqishlar namoyish qilindi.

Anjuman doirasida ishbilarmon doira vakillari uchrashuvi ham boʻlib oʻtdi. Unda hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.04.2023 09:34  
up