Joriy yilning 14-oktyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zsanoatqurilishbank hamda “O‘zsanoatqurilishmaterillari” uyushmasi hamkorligida respublika qurilish materiallari sohasida amalga oshirilgan ishlar, xususan, mahalliylashtirish borasidagi chora-tadbirlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda qurilish materiallari sanoati mamlakat iqtisodiyotining “drayver” sohasiga aylangan.
2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida tarmoqda 32 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Jumladan, 73 mln. kv. metr gipsokarton, 13,3 mln. tonna sement, 2,6 mln. o‘ram gulqog‘oz, 36 mln. kv. m keramik plitka, 34 mln kv. metr qurilish oynasi, 301 ming tonna quruq qurilish aralashmasi kabi qurilish materiallari ishlab chiqarildi.
Shuningdek, soha korxonalari tomonidan 1,5 mlrd. AQSH dollarilik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. 658 mln. dollarlik 212 ta loyiha ishga tushirilib, natijada 6 ming 24 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Tadbirda 2024-2025-yillarda hududlarda qiymati 4,5 mlrd. dollarlik 529 ta loyiha amalga oshirilishi ma’lum qilindi. Buning hisobiga 26 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Shundan, 2024 yilda qiymati 1,1 mlrd. dollar bo‘lgan 309 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.
Jumladan, Navoiy viloyatida “National Ceramics” MCHJ XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Qoraqalpoq Basaltwool” MCHJ, Jizzax viloyatida “Stone Lider” MCHJ tomonidan ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 9 oyida tarmoq korxonalari tomonidan 610,4 mln. dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 125,2 foizga bajarildi.
Eksport borasida Latviya, Niderlandiya, Belgiya kabi yangi istiqbolli bozorlar o‘zlashtirildi.
Shuningdek, qurilish materiallari eksport hajmini oshirish maqsadida 9 ta davlatda tashkil etilgan ko‘rgazma va savdo forumlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki ta’minlandi. Ozarbayjonning Boku shahrida “O‘zbekiston savdo uyi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Matbuot anjumanida mahalliylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham keng to‘xtalindi.
Hisobot davrida 1,9 trln. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgani qayd etildi. Jumladan, yuqori markali sement, gipsokarton, qurilish oynasi, keramika mahsulotlari va keramogranit kabi mahsulotlar mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarildi.
Bank Axborot xizmati
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...
“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...

