S&P Global Ratings Oʻzsanoatqurilishbankning kredit reytingi prognozini oshirdi


10.11.2021 10:16

S&P Global Ratings Oʻzsanoatqurilishbankning kredit reytingi prognozini oshirdi

Standard & Poor’s Global Ratings xalqaro reyting agentligi Oʻzsanoatqurilishbankning “BB-” reyting darajasini tasdiqlab, kredit reytingi prognozini “salbiy”dan “barqaror”ga oshirdi.

Barqaror prognoz bankning rezervlarni shakllantirishda qoʻshimcha muhim ehtiyojlar yoki kreditlashning haddan ziyod ortib ketishi bilan bogʻliq holda tavakkalchiliklar pasayishiga koʻra kapitallashuvning adekvat koʻrsatkichlarini saqlab qolishiga asoslanadi. 

S&P Global Ratings tomonidan qayd etilishicha, 2024-yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan xususiylashtirish jarayonlariga tayyorgarlikka qaramasdan, kelgusi ikki yilda bank oʻzining mustahkam biznes-pozitsiyasi hamda davlat bilan yaqin aloqalarini saqlab qoladi. 

Pandemiya bilan bogʻliq iqtisodiy tahdidlar sharoitida Oʻzsanoatqurilishbank kredit reytingi prognozining koʻtarilishi moliya muassasasi biznesining samarali rivojlanayotgani, bank aktivlarining barqaror oʻsib borayotgani va yuqori sifatliligi, shu bilan birga faoliyatidagi samarali operatsion koʻrsatkichlaridan dalolat beradi.  

“Oʻzsanoatqurilishbank reytinglari boʻyicha “barqaror” prognoz Oʻzbekistonda kapitalning adekvat zaxiralari, aktivlar sifatining yaxshilanishi va mustahkam biznes-pozitsiya bank kreditlash koʻrsatkichlarini yaqin 12 oy ichida saqlab qolishini taʼminlaydi”, – deya xulosa qiladi, Standard & Poor’s. 

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekiston Respublikasining eng yirik va tizimli moliya muassasalaridan biridir. Bank aktivlar va kapitallar hajmi, depozit baza va daromad kabi asosiy moliyaviy koʻrsatkichlar boʻyicha yetakchi oʻrinlarni egallab kelmoqda. Bugungi kunda bank tizimida transformatsiyalash jarayonining soʻnggi bosqichini yakunlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Bu, oʻz oʻrnida, bankning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda operatsion samaradorlikning yuksalishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. 

Oʻzsanoatqurilishbank oʻzining mamlakat moliya bozoridagi oʻrnini mustahkamlab, investorlik bazasini kengaytirib bormoqda. 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 10.11.2021 10:17  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит