Salohiyatli tadbirkor loyihasi: vodiy tajribasi Qoʻngʻirotda


01.04.2025 09:32

Bugungi kunda ogʻir tumanlarda bank va yetakchi tadbirkorlar hamkorligida muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qoʻngʻirot tumaniga vodiy biznes tajribasi aynan shu tashabbuslar tufayli kirib bordi.

Fargʻona viloyatidagi “Uz Segan” korxonasi rahbari, tadbirkor Xurshid Normatov meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va qadoqlash bilan shugʻullanadi.

U oʻtgan yil Oʻzsanoatqurilishbank koʻmagida Qoʻngʻirot tumanida 10 mlrd. soʻmlik yogʻochni qayta ishlash loyihasini amalga oshirdi. Bugungi kunda mazkur korxonada 100 nafar fuqaro ish bilan band.

Shuningdek, tadbirkor rahbarligida Qoʻngʻirotda 15 gektar maydonda brokolli yetishtirish loyihasi amalga oshirilib, ijobiy samara bermoqda.

Joriy yilda esa 40 gektar maydonda 50 nafar ijarachi bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan. Bu loyiha har bir dehqon xoʻjaligining yillik daromadini 100 mln.soʻmga oshirishga imkon yaratmoqda. Tadbirkorning esa, eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.

 

Ogʻir tumanlarda kambagʻallikni kamaytirish saʼy-harakatlari

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimizning joriy yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda ishsizlikni kamaytirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ogʻir tumanlarga boshqa hududlardan tajribali tadbirkorlar jalb qilib, loyihalari uchun yengil kreditlar ajratish choralari koʻrilmoqda.

Shu maqsadda 2025-yilning yanvar-mart oylari davomida Shofirkon, Forish, Guliston, Boʻka, Boysun, Payariq va Sariosiyo kabi tumanlarda (umumiy aholi soni – 1,139 million):

✅ 18 475 nafar aholi bandligi taʼminlandi

✅ 5 600 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi

✅ 12 880 nafar hamyurtimiz tadbirkorlikka jalb qilindi.

Shuningdek, Online mahalla platformasi maʼlumotlariga koʻra, bankka biriktirilgan ogʻir mahallalarda 3153 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 6 463 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Umuman, bank tomonidan 2025-yil davomida ushbu yoʻnalishda 125 ming nafar aholini daromadli mehnatga jalb qilish rejalashtirilgan.

– Bugungi kunda banklar nafaqat moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot, balki aholi turmush darajasini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim kuch sifatida ham namoyon boʻlmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Qoraqalpogʻiston mintaqaviy bank xizmatlari ofisi rahbari Rauaj Utambetov. – Xususan, 2025-yilda bankimiz tomonidan Qoraqalpogʻistonda bandlikni oshirish, xalqimizni daromadli mehnat bilan taʼminlash hamda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun dasturlar doirasida 97,7 mlrd. soʻm hajmida kredit ajratish koʻzda tutilgan. Shundan, joriy yilning birinchi choragida dasturlar doirasida 31,2 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratgan holda 3 560dan ziyod aholi bandligi taʼminlandi, 1 650 nafar yurtdoshimiz doimiy ishga ega boʻldi, 1 900dan ortiq fuqaro tadbirkorlikka jalb qilindi.

Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan turli tajribalar va dasturlar doirasida olib borilayotgan ishlar hududlarda iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, kambagʻallikni kamaytirish va ishsizlikni bartaraf etish hamda sanoat, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish kabi maqsadlarga xizmat qilmoqda.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.04.2025 09:33  
up