Sanoat Qurilish Bank Toshkent shahridagi Inxa universitetida moliyaviy texnologiya markazini ochdi


20.12.2018 17:17

Sanoat Qurilish Bank Toshkent shahridagi Inxa universitetida moliyaviy texnologiya markazini ochdi

Sanoat Qurilish Bank Toshkent shahridagi Inxa universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Va, kelishuvga ko‘ra, universitet binosida bank xizmatlari va amaliyotlarini avtomatlashtirish bo‘yicha “Sanoat Qurilish Bank’ning moliyaviy texnologiya markazi” (“Financial Technology center of Sanoat Qurilish Bank”)ni tashkil etdi. 
Markazda bank va SAP kompaniyasi vakillari talaba-yoshlarga dasturiy ta’minotlar yaratish, ularni bank axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimida joriy qilish, shu sohada yangi bank xizmatlari uchun biznes jarayonlarni tashkil etish va tahliliy hisobotlarni yaratish, shuningdek dasturiy ta’minotlarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tajribalar ulashadi.
Loyiha universitet talabalariga turli axborot texnologiyalari yordamida bank biznesining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar asosida mustahkamlashga qulay sharoit yaratadi. Bank uchun esa AKT sohasida kadrlar zaxirasini o‘z vaqtida yuqori salohiyatli mutaxassislar bilan butlashga zamin yaratadi.
Shu maqsadda 2018-2019 o‘quv yilida oliygohning 3-4-bosqich talabalari orasidan bilim jihatdan yuqori reytingga ega 12 nafar talaba tanlab olindi. Kelajakda ular soni bankning shu mutaxassislikka oid talabiga muvofiq oshib boraveradi.
Qayd etib o‘tamiz, Sanoat Qurilish Bank’da xodimlar zaxirasini shakllantirish jahon tajribasida mavjud bo‘lgan “Internship” uslubi asosida olib borilmoqda. Unga ko‘ra, bank faoliyatiga oid mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishi 3-4-bosqich va magistratura bo‘limi 1-2-bosqichlarida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor, yuqori bilimga ega, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirib, o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan talabalar dastlab stajirovka o‘tashga jalb qilinmoqda. Keyinchalik esa ular bank rahbariyati tarkibidan tuzilgan komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, ishga qabul qilinmoqda.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

11/23/2026 12:37:22 pm
Özsanoatqurilişbank (SQB) – startaplarni qöllab-quvvatlayotgan eng faol korporatsiyalar qatorida

Nufuzli xalqaro tadqiqot markazi — StartupBlink tomonidan «Corporate Startup Activity Index 2026» (Korporativ sta ...

11/20/2026 05:39:16 pm
Kibergigiyena – raqamli xavfsizlik asosi

“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...

11/19/2026 03:39:23 pm
SQB tajribasi Singapurda: Özbekiston banki xalqaro AI muloqotida

Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirm ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 17.10.2019 13:35  
up