Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda banklar oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi


24.01.2020 19:58

Shavkat Mirziyoyev 2020-yilda banklar oldida turgan asosiy vazifalarni ma’lum qildi

Bugun, 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalariga murojaat yo‘lladi. Davlatimiz rahbari bank tizimi haqida ham alohida to‘xtalib, shunday dedi:

“Bank tizimi va kapital bozorini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‘rishimiz lozim.

Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‘llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish va dasturiy ta’minotlar bo‘yicha zamon talablaridan, 10-15 yil orqada qolmoqda.

2020 yildan boshlab har bir bankda keng ko‘lamli transformatsiya dasturi amalga oshiriladi. Bu borada banklarimizning kapital, resurs bazasi va daromadlarini oshirish alohida e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Bank tizimida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlaydigan “loyihalar fabrikasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim.

Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Milliy bank va Ipoteka-bank bu yil o‘z “evrobond”larini chiqarishi maqsadga muvofiqdir. Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi. Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - tijorat banklarini “mijoz uchun ishlash”ga o‘rgatishdan iboratdir.

Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida, Bank-moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil etiladi.

Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy qilish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarni jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi.

Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali, ularning dasturiy ta’minotlarini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1 iyulga qadar “kredit tarixi” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish zarur.

Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va banklar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak”.





Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.05.2020 10:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит