“Smart working” usuli – rahbar xodimlarga xos muhim xususiyat


26.09.2019 18:10

“Smart working” usuli – rahbar xodimlarga xos muhim xususiyat

Bugun, 26-sentyabr kuni O‘zsanoatqurilishbank Bosh ofisida rahbar xodimlar uchun samarali ish yuritish ("Smart working") tartibiga bag‘ishlangan trening o‘tkazildi. Unda Bank Boshqaruvi Raisi maslahatchisi Akmal Hamidov xorijiy amaliyot va tadqiqotlar misolida interaktiv shaklda mashg‘ulot o‘tkazdi.

Mamlakatimizda shiddat bilan kechayotgan yangilanish hamda O‘zsanoatqurilishbank tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari boshqaruv kadrlardan o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘zgarayotgan sharoitlarga moslashtirish, professional rivojlanishiga yangicha yondashishni talab etmoqda.

Departament direktorlari, boshqarmalar boshliqlari hamda top menejerlar ishtirokida o‘tkazilgan treningda rahbar xodimlarning samarali va unumli ishlashini ta’minlash, bu borada to‘sqinlik qiluvchi omillar, shaxs xususiyatlariga xos shijoat va diqqatlilik darajalari, ular beradigan natijalar, tarqoq va aniq maqsadga yo‘naltirigan fikrlar salmog‘i, ongni avtomatlashtirish kabi mavzular muhokama qilindi.

fd0705e7-78aa-4115-9faf-e0b3f350dfbe.jpg

– Barqaror rivojlanayotgan kompaniyalar rahbarlarining aksincha o‘troq holda “kun kechirayotgan” sub'yektlar boshqaruvchilaridan farqli tomonlari shundaki, ular muayyan jamoa yoki jarayonlarni boshqaribgina qolmay, o‘zlari ham yangi g‘oyalari bilan ishtirok etgan holda, jamoaviy oliy maqsadga shaxsan hissa qo‘shadilar, – deydi Akmal Hamidov. – Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday intellekt sohiblarida ikki muhim xususiyat – shijoat va diqqatlilik ustuvorlik qiladi.

Treningda samarali va unumli ishlash uslublari haqida so‘z borib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish va yuqori natijaga erishish uchun avvalo, ularni saralash, ortiqcha detallardan holi qilish va eng muhimlarini belgilab olish lozimligi qayd etildi.

Har qanday ishga ijobiy yondashish, streslarga qarshi kurashish, jamoada har bir xodim salohiyatidan samarali foydalanish borasida keng tushunchalar berildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит