“SQB Business” internet bank dasturi imkoniyatlari ortmoqda


17.03.2023 11:22

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlari uchun ishga tushirilgan “SQB Business” internet bank dasturi foydalanuvchilari soni 1,5 mingdan oshdi.

Bank tizimida raqamlashtirish jarayonlarining jadallashuvi, ilgʻor IT-texnologiyalar, dasturiy taʼminotlar va ular asosida joriy qilinayotgan masofaviy bank xizmatlari soha rivojida muhim rol oʻynamoqda. Bank va mijoz munosabatlarida qulay sharoit yaratilib, vaqt va moliyaviy xarajatlar minimallashtirilmoqda.

“SQB Business” dasturiga oid koʻrsatkichlar bunga amaliy misoldir. Platforma foydalanuvchilari soni tobora ortib bormoqda.

Shu bois Bank tomonidan mijozlar qiziqishidan kelib chiqib, dasturdagi xizmatlar doirasi kengaytirilmoqda.

Xususan, platformada onlayn tarzda depozit ochish imkoniyati yaratildi, savdo va pullik xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun “QR-Online” kontaktsiz toʻlov tizimi joriy etildi.

Shuningdek, hozirda mijozlar mazkur dastur orqali oʻz ish joyida yoki boshqa oʻziga qulay sharoitda milliy va xorijiy valyutadagi toʻlovlarni amalga oshirish, ish haqi loyihasi boʻyicha xodimlar plastik kartalariga kirim qilish, korporativ kartalarni toʻldirish va unga bogʻliq boshqa amaliyotlarni bajarish, hisobotlarni koʻrish, yuklash va chop etish, xisobraqam, kredit, depozit, kartotekalar va eksport-import shartnomalar boʻyicha maʼlumotlarni kuzatib borish, namunaviy toʻlov shakllari hamda kontragentlarni yaratish kabi bank xizmatlaridan bepul foydalanib kelmoqda.

Platformaning ixtiyoriy brauzerda ishlashi, unga elektron kalitsiz kirish imkoniyati, bankka tashrif buyurmasdan parolni tiklash, korporativ kartani soddalashtirilgan holda toʻldirish, bir foydalanuvchining bir nechta kompaniyani boshqara olishi kabi afzalliklar mijozlarga har tomonlama qulaylik tugʻdirmoqda.

Dasturni rivojlantirish boʻyicha amaliy ishlarning navbatdagi bosqichida uning mobil versiyasini ishga tushirish, onlayn kreditni joriy qilish va savdo maydonchasi (marketpleys)ni yaratish koʻzda tutilgan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.03.2023 11:23  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит