Barcha kreditlar
Yurtimizda jamoaviy sport turlarini rivojlantirish, yoshlarni sportga jalb qilish va ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2024-yil 4-dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) tomonidan jamoaviy sportga bo‘lgan e’tiborni yangi bosqichga olib chiqadigan tashabbus amalga oshirildi – “SQB futzal klubi” tashkil etildi.
Futzal – jamoaviy ruh va jasorat maktabi
Futzal nafaqat sport, balki intizom, jamoaviy fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jasorat maktabi hamdir. Aynan shu sababdan SQB jamoaviy sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Klub bosh murabbiyligiga o‘z vaqtida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan, ikki karra “Eng yaxshi o‘yinchi” unvoniga sazovor bo‘lgan Konstantin Sviridov taklif qilindi. Shuningdek, murabbiylar shtabiga yana bir afsonaviy sportchi – Klim Tugayev ham qo‘shildi. Bu, o‘z navbatida, klubning professional darajada rivojlanishiga bo‘lgan e’tibori yuqori ekanini namoyon etadi.
“SQB futzal klubi”ning O‘zbekiston Futzal federatsiyasiga rasman a’zo bo‘lgani esa, unga mahalliy va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
An’analardan professionallik sari
“SQB” jamoasi futzal sohasida ko‘p yillik tajribaga ega.
2010-yilda tashkil etilgan jamoa yillar davomida 7 karra chempionga aylangan.
Eng muhimi, jamoa safidan bugungi kunda futzal bo‘yicha butun mamlakat sharafini himoya qilayotgan iste’dodli sportchilar yetishib chiqqan. O‘zbekiston milliy futzal terma jamoasining bosh murabbiyi Nodir Eliboyev, darvozabonlar murabbiyi Rustam Umarov, terma jamoa a’zosi Ravshan Eliboyev shular sirasiga kiradi.
“SQB futzal klubi” ushbu an’anani davom ettirgan holda o‘z oldiga iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, ularni professional sportga yo‘naltirish hamda O‘zbekiston sharafini xalqaro musobaqalarda himoya qiladigan chempionlarni tayyorlash maqsadini qo‘ygan.
Buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda, jamoa muntazam o‘quv-mashg‘ulotlariga jalb qilinmoqda. Xususan, joriy yilning 15-20-mart kunlari Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboyev tomonidan tashkil etilgan maxsus mashg‘ulotlarda “SQB futzal klubi” a’zolari faol ishtirok etdi.
Bugungi kunda jamoa tarkibi 22 nafar futbolchidan iborat. Ular professional murabbiylar rahbarligida yuqori maqsadlarni ko‘zlab, jiddiy tayyorgarlik jarayonlarini olib bormoqda.
Sport – salomatlik va muvaffaqiyat garovi
O‘zsanoatqurilishbankning ko‘p yillik tajribasida jamoaviy sport-sog‘lomlashtirish ishlari alohida o‘rin tutadi. Zero, jamoaviy sport faqatgina jismoniy faollik yoki muayyan musobaqalardagi g‘oliblikni ifodalamay, balki u odamlarni birlashtiruvchi, jamoaviy ishlash madaniyatini shakllantiruvchi, iroda va jasoratni mustahkamlovchi muhim kuchdir.
“SQB futzal klubi” ana shu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda ulkan qadamlar tashlamoqda.
Klub a’zolari nafaqat sport maydonida, balki hayotda ham muvaffaqiyat qozonishni maqsad qilgan.
Bank axborot xizmati
Tadbir nafaqat nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, balki o‘z sohasining professionallari bilan bevosita muloqot qilish i ...
Milliy libos – qadriyat, iftixor va ruhiy yaqinlik ramzi. Shu bois O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tizimida milliy li ...
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...