SQB stipendiyasi: tanlov mezonlari, muddati hamda stipendiyani to‘lash tartibi


28.02.2020 13:02

SQB stipendiyasi: tanlov mezonlari, muddati hamda stipendiyani to‘lash tartibi

O‘zsanoatqurilishbank respublikamiz oliy o‘quv yurtlari, xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekistondagi filiallari hamda chel eldagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun SQB stipendiyasini berish tartibini ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, SQB stipendiyasi moliya, iqtisod, axborot texnologiyalari, huquq va bankning biznes jarayonlari bilan bog‘liq boshqa zarur mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr yo‘nalishining 3-4-bosqich va magistratura bo‘limida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor, zamonaviy fikrlaydigan, yuqori bilim va malakaga ega, xorijiy tillarni mukammal egallagan hamda o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan (tamomlayotgan) talabalarni tanlov va saralab olish asosida to‘lananadi.

SQB stipendiyasini tayinlash nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda tanlovga tegishli yo‘nalish bo‘yicha test va/yoki suhbat asosida Bankning Ekspertlar komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

SQB stipendiyasini olishga talabgorlar quyidagi mezonlarga mos kelishlari zarur:

- o‘quv jarayonida (o‘tgan so‘nggi semestr natijalariga ko‘ra) yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;

- davlat tili va xorijiy til (kamida bitta)ni mukammal bilishi.

Bank faoliyatiga oid fanlar, axborot texnologiyalari, matematika yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro yoki respublika olimpiadasi sovrindoriga tanlov yakunida ustuvorlik beriladi.

SQB stipendiyasiga talabgor nomzodlar Ishchi guruhga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

- ma’lumotnoma (ob'yektivka);

- pasport nusxasi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);

- dekanat yoki kafedraning nomzod bo‘yicha imzolangan va muhrlangan tavsiyanomasi (oldingi yillarda Bank stipendiatlari bo‘lgan talabalar bundan mustasno);

- reyting (sinov) daftarchasi nusxasi yoki o‘zlashtirish balli to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnoma;

- chet tilini o‘zlashtirganligini tasdiqlovchi hujjat (sertifikat)lar (agar mavjud bo‘lsa);

- ilmiy ishlar, ilmiy konferentsiya, seminarlar, shuningdek, mahalliy va xalqaro olimpiadalarda ishtirok etganligini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’ruza tezislari, chop etilgan maqola, diplom va sertifikatlar, agar mavjud bo‘lsa).

SQB stipendiyasi uchun nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va tanlov o‘tkazish muddati:

- o‘quv yilining birinchi semestirida - 10 sentyabrdan 20 sentyabrgacha, tanlov 10 oktyabrgacha o‘tkaziladi;

- o‘quv yilining ikkinchi semestirida - 5 fevraldan 15 fevralgacha, tanlov 10 martgacha o‘tkaziladi.

Bankning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga ko‘ra, yilning boshqa vaqtida ham SQB stipendiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi mumkin. Bunda hujjat topshirish va tanlov o‘tkazish muddatlari oldindan e’lon qilinadi.

SQB stipendiyasini belgilash va to‘lash tartibi:

SQB stipendiyasi miqdori respublika hududida o‘rnatilgan mehnatga

haq to‘lashning eng kam miqdorining 2 barobarigacha belgilanadi va oyma-oy soliqlar va majburiy to‘lovlar chegirilgan holda keyingi oyning 5 sanasiga qadar to‘lab boriladi.

Stipendiya stipendiat nomiga Bankda ochilgan plastik kartaga pul ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.05.2020 09:58  
up