SQB va Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorlikni kengaytirmoqda


07.11.2022 18:21

Joriy yil 3-4-noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusidagi II Oʻzbekiston iqtisodiy forumi doirasida Oʻzsanoatqurilishbank va Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) oʻrtasida mandat xati imzolandi.

Hujjatga koʻra, XMK tomonidan bankka 50 mln. AQSH dollari miqdorida subordinatsiyalangan kredit ajratish hamda yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarib, uni xususiy tarzda joylashtirishga koʻmaklashuv taqdim etiladi.

Bu bilan korporatsiya Bank kapitalining yetarliligini taʼminlash orqali uning xususiylashtirishdan avvalgi tadbirlariga koʻmaklashni koʻzda tutmoqda. Xususan, Bankning kichik va oʻrta biznes subyektlarini kreditlash imkoniyatini oshirish hamda xalqaro kapital bozorlarida yevroobligatsiyalarini ikkinchi bor joylashtirishini moddiy va konsultativ qoʻllab-quvvatlaydi.

XMK 2018-yildan buyon Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korporativ boshqaruvni mustahkamlash, biznes jarayonlarni qayta koʻrib chiqish, uning operatsiyalarini tijoratlashtirish, xavflarni boshqarishni takomillashtirish hamda “yashil” bankingni rivojlantirish borasida yaqindan koʻmaklashib kelmoqda.

Bank faoliyatini diagnostikadan oʻtkazib, mijozga yoʻnaltirilgan tamoyilda ish yoʻlga qoʻyilganidan soʻng, bugungi tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik transformatsiyaning uchinchi bosqichida IT tizimni yangilash va tegishli infratuzilma yaratishga qaratilgan yangi biznes model asosida olib borilmoqda.

Taʼkidlash joiz, XMK tomonidan Oʻzsanoatqarilishbankka joriy yilning avgust oyida 75 mln. AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi jalb qilingan boʻlib, mablagʻ muassasani xususiylashtirish jarayoniga tayyorlash boʻyicha zarur choralarni amalga oshirish uchun uning aksiyadorlik kapitaliga konvertatsiya opsiyasi bilan ajratilgan edi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 07.11.2022 18:37  
up