SQBda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va profilaktika choralari kuchaytirilmoqda


27.08.2026 14:09

SQBda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat va profilaktika choralari kuchaytirilmoqda

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati korrupsiyaviy xavflarni oldindan aniqlash va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilmoqda.

2026-yil 22-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan bu boradagi huquqiy mexanizmlar kuchaytirildi. Xususan, korrupsiyaga qarshi komplayens va ichki nazorat tuzilmalarining maqomi mustahkamlanib, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilishga qaratilgan normalar belgilandi.

Ushbu yondashuv moliya tizimida ham ichki nazoratni kuchaytirish, inson omilini kamaytirish va jarayonlarda ochiqlikni ta’minlashni talab etadi.

image-27-08-26-02-05-4.jpeg
Joriy yilning 27-avgust kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Markaziy bank bilan hamkorlikda “SQB’da korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, bank xizmatlari ko‘rsatilishida ochiqlik va shaffoflik, raqamlashtirish hamda tizimli yondashuv” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida asosiy e’tibor ushbu masalalarga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, bank o‘z faoliyatidagi yigirmadan ortiq funksiyalarni korrupsiyaviy xavf nuqtai nazaridan baholab chiqdi. Yuqori xavf darajasidagi funksiya sifatida faqat bitta – kredit ajratish bilan bog‘liq jarayon topildi. Bu baho faqat ichki tahlil bilan cheklanib qolmadi. Mijozlar va xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan anonim so‘rovda ham qatnashchilarning yarmidan ko‘pi kreditlashni eng ta’sirchan jarayon sifatida ko‘rsatdi. Shu bilan birga, 2,5 mingdan ziyod respondentning deyarli barchasi bank xizmatlari ochiq va shaffof tarzda ko‘rsatilayotganini tasdiqladi.

Ko‘rilgan tashkiliy va profilaktik choralardan so‘ng funksiyalarning aksariyatida qoldiq xavf past darajaga, kreditlashda esa o‘rta darajada tushirildi. O‘tgan yilga nisbatan o‘rta xavf darajasidagi funksiyalar soni ham kamaygan.

image-27-08-26-02-05-2.jpeg

Raqamlashtirish – profilaktika mexanizmi

Bank amaliyotlarini raqamlashtirish xizmatlarni tezlashtirish bilan birga mijoz va xodim o‘rtasidagi bevosita aloqani qisqartirish, jarayonlarni standartlashtirish va inson omili bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish imkonini bermoqda.

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, “SQB Mobile” ilovasi foydalanuvchilari soni uch milliondan oshdi, ilova orqali amalga oshirilgan raqamli to‘lovlar hajmi 12 trillion so‘mni tashkil etdi. Davlat xizmatlari uchun raqamli to‘lovlar yetti barobar ko‘paygan, kommunal to‘lovlar ikki barobarga ortgan, onlayn mikrokreditlar bo‘yicha ham sezilarli o‘sish qayd etilgan.

image-27-08-26-02-05-1.jpeg

Murojaatlar bo‘yicha ichki nazorat natijalari

Yilning birinchi yarmida bankning maxsus aloqa kanallariga korrupsiya masalalariga oid o‘ttizdan ortiq xabar va murojaat kelib tushdi. O‘tkazilgan xizmat tekshiruvlaridan so‘ng yigirmadan ziyod xodimga intizomiy chora ko‘rildi, 11 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 9 ta holat bo‘yicha materiallar huquqiy baho olish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Profilaktikaning ikkinchi yo‘nalishi – manfaatlar to‘qnashuvini oldindan aniqlash. To‘rt mingdan ziyod xodimdan olingan deklaratsiyalar tahlil qilinib, aniqlangan holatlar bankning “Odob-axloq” komissiyasida ko‘rib chiqish yo‘li bilan ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ushbu mexanizmlar bankda korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan ichki nazorat tizimining bir qismi hisoblanadi.

image-27-08-26-02-05-3.jpeg

Xodimlar malakasi va xalqaro standartlar

Profilaktika xodimlarning huquqiy savodxonligisiz kutilgan natijani bermaydi. Yilning birinchi yarmida mingdan ortiq xodim seminar-treninglar va mustaqil ta’lim asosida o‘qitildi, ularning bir qismi “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida hamda ISO37001 xalqaro standarti talablari bo‘yicha maxsus o‘quvlarda qatnashdi. Hududlarda aholi va tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarga 200 dan ortiq fuqaro va biznes vakillari jalb etildi.

Xalqaro mezonlar bank uchun tashqi o‘lchov vazifasini bajarmoqda. SQB korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha ISO 37001 sertifikatini 2022-yilda olgan, 2025-yilda uning standart talablariga muvofiqligi qayta tasdiqlangan edi.

Joriy yil iyul oyida esa bank ushbu tizimni standartning yangi tahriri – ISO 37001:2025 talablari asosida qayta sertifikatsiyadan o‘tkazdi. Mazkur jarayonning mantiqiy davomi sifatida matbuot anjumani doirasida “CERT International” xalqaro sertifikatlash tashkiloti tomonidan bankka ISO37001:2025 standartiga muvofiqlik sertifikati rasman topshirildi.

image-27-08-26-02-05.jpeg

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda “CERT International” xalqaro sertifikatlash tashkiloti vakillari ham ishtirok etdi.


 

 

 





Boshqa yangiliklar

08/27/2026 10:17:36 am
SQB Silk Road Finance & Technology Forum’da sun’iy intellekt transformatsiyasi tajribasini taqdim etdi

Joriy yilning 24-26-avgust kunlari Toshkent shahrida “Silk Road Finance & Technology ...

08/26/2026 10:34:39 am
SQB Qashqadaryoda mahallalar rivojiga e’tiborni kuchaytirmoqda

“Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida amaliy ishlar ketmoqda. Bu ...

08/25/2026 04:23:29 pm
SQB: tadbirkorlik loyihalari – ishlab chiqarish, eksport va yangi ish o‘rinlari

SQB: tadbirkorlik loyihalari – ishlab chiqarish, eksport va yangi ish ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.08.2026 14:33  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит