Surxondaryoda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi


20.01.2025 10:00

Surxondaryoda tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

O‘zsanoatqurilishbank rahbarilaridan iborat ishchi guruhining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda Sarosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlaridan yuzga yaqin ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlar erkin faoliyat yuritishida to‘siq bo‘layotgan ayrim masalalar, jumladan, bank kreditlaridan foydalanishda garov va kafillikka oid, shuningdek, soliq va bojxona bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qilishdi.

Bank mutasaddilari tadbirkorlarning har bir murojaat va takliflarini tinglab, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Bank tomonidan joriy qilingan yangi kredit mahsulotlari hamda onlayn xizmatlar taqdimot qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Surxondaryo viloyatida 33 mingdan ziyod aholini daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlash ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda kichik va o‘rta biznesga 343,2 mlrd. so‘m, iqtisodiy dasturlar doirasida esa, 78,6 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratiladi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 20.01.2025 11:11  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит