Tadbirkorlar bilan qishloq xo‘jaligida daromad orttirish imoniyatlari muhokama qilindi


12.02.2025 11:17

            O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda mahalliy ishbilarmonlar bilan chorva ozuqasini yetishtirishni rivojlantirish va qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishning yangi imkoniyatlari muhokama qilindi.

            Prezidentimiz raisligida shu yil 30-yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

            Yig‘ilishda tijorat banklariga qishloq xo‘jaligi sohalarini qo‘llab-quvvatlash, ulardagi mavjud muammolarni aniqlash va yechimi bo‘yicha takliflar asosida bazaviy tumanlarni tanlash topshirig‘i berildi.

            O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi. Xususan, 2025-yilda 63 ming aholini ish bilan ta’minlash va chorva ozuqasi eksport hajmini 43 mln. AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilmoqda.

            Sabzavot ko‘chatlarini yetishtirish hamda chorva ozuqasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha tanlab olingan bazaviy tumanlardan biri - Beruniyda Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sanjar Abduvaliyev boshchiligida mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

            Ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda yaratilayotgan yangi imkoniyatli, qulay sharoitlar va ulardan foydalanish yo‘llari xususida so‘z yuritildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish, tarmoqni zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or agrotexnologiyalar asosida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

            “Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz nafaqat mamlakatning agrar sohadagi raqobatbardoshligini ta’minlaydi, balki bandlik darajasini oshiradi, tadbirkorlar uchun milliy “brend” yaratib, xalqaro bozorlarga chiqishga keng yo‘l ochadi”, dedi Sanjar Abduvaliyev.

            Uchrashuv doirasida, shuningdek, tadbirkorlarning masalalarini joyiga chiqib o‘rganishlar ham o‘tkazildi.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.02.2025 11:19  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит