“Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida malaka oshirish kurslari boshlandi


27.01.2022 11:03

“Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida malaka oshirish kurslari boshlandi

2022-yil 17-yanvardan boshlab qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida oʻz biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida “OʻzqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida oʻz malakalari va koʻnikmalarini oshirishlari mumkin.

10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, jami 72 soatga moʻljallangan kurslar, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka va koʻnikmaga ega, fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib boriladi.

Oʻquv kurslari “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazi auditoriyalarida yoki bevosita sizning tashkilotingiz bazasida oʻtkazilishi mumkin.

Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga oʻrnatilgan tartibda sertifikat beriladi.

Talabgor tinglovchilar roʻyxati shakllantirilmoqda.

Shoshiling! Qabul muddati tugashiga oz fursat qoldi.

Murojaat uchun:

Telefon: 945766900, 335769595, 8977278784

Elektron pochta: info@uzqmliti.uz,  q.m.liti2017@mail.ru


Malaka oshirish kurslari


Т/ r

Malaka oshirish kursining yoʻnalishi

Davomiyligi (kun)

Sanasi

1

Devorbop qurilish materiallari ishlshab chiqarish texnologiyalari

12

1 oyda
2 marotaba

2

Pardozbop qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalari

12

1 oyda

2 marotaba

3

Pol qoplamalari ishlab chiqarish texnologiyalari

12

1 oyda
2 marotaba

4

Issiqlik saqlovchi qurilish materiallari ishlab chiqarish

12

1 oyda
2 marotaba

5

Sement ishlab chiqarish texnologiyasi

12

1 oyda

2 marotaba


Eslatma: Korxona va tashkilotlar talabidan kelib chiqib mashgʻulotlar onlayn shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.




Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.01.2022 11:16  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит