Tadbirkorlik rivojlanmoqda, aholi ishli bo‘lmoqda


19.08.2024 09:44

Yurtimizda har yili tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida yangi qadamlar qo‘yilayotgani bejiz emas, bunda har bir inson manfaati uchun qayg‘urish, orzu istaklarini ro‘yobga chiqarish maqsadi mujassam. Prezidentimiz rahnamoligida ilgari surilayotgan “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosida qo‘lga kiritilayotgan natijalar fikrimizga dalildir.

Xususan, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar samarasida minglab yurtdoshlarimizning o‘z kasbu korini topishiga, yuzlab oilalarning daromadga kirishiga, yangi ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilishiga erishilmoqda.

Ulardan biri sirdaryolik Mehrinigor Husanova. 3 sotixli tomorqasida asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan Mehrinigor bank kreditidan foydalangan holda, ilk biznesini yo‘lga qo‘yib, oylik daromadini 2 baravarga oshirdi.

Ta’kidlash joiz, Prezidentimizning joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bank tomonidan ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi.

“Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.

Joriy yilning birinchi yarmida Sirdaryo viloyatida bankka biriktirilgan 13 ta mahalladagi 247 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi. Ularni tadbiq etish uchun 3,3 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, 399 nafar aholi bandligi ta’minlandi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbaringning 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida esa, 69 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 242 ta ish o‘rni barpo etildi.

5,5 mlrd. so‘mlik kredit ajratish hisobiga 152 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada ushbu hududda 240dan ortiq aholi qatlami ish bilan ta’minlandi.

“Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha 275 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 3,7 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.

Joylarda tashkil qilingan uchrashuvlarda 645 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Ulardan kelib tushgan 90 ta murojaatning 78 tasi ijobiy hal etilib, qolgan qismi bank rahbariyati nazoratiga olindi.

Bank tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar yanada faol davom ettirilmoqda.

Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarini hal qilish va faoliyatini kengaytirishga har tomonlama qo‘maklashish maqsadida hududda mas’ul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida “Biznesga omad” kredit mahsuloti asosida bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, yil yakuniga qadar mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 260 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.

Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa 400 ta yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.08.2024 10:00  
up