Tadbirkorlik va bandlik: islohotlar yangi bosqichda davom ettirilmoqda


15.01.2025 10:00

Tadbirkorlik va bandlik: islohotlar yangi bosqichda davom ettirilmoqda

Joriy yilda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Qashqadaryo viloyatida qariyb 42 mingga yaqin aholining daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlanadi. Bu haqda hudud tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tildi.

Prezidentimiz raisligida 2024-yil 16-dekabr kuni banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2025-yil bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil bo‘lishi ta’kidlandi.

Respublika bo‘yicha 5 milliondan ziyod aholini daromadli qilish va 1,5 million odamni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha tumanbay va mahallabay rejalar belgilandi.

Jumladan, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham 400 ming aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Aholi va tadbirkorlar uchun imtiyozli kredit turlari joriy qilindi. Mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar tayinlandi. Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalarini kengaytirish bo‘yicha manzilli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Bank rahbariyati boshchiligida hududlarda tashkil etilayotgan uchrashuvlarda tadbirkorlarga shular xususida batafsil ma’lumot berilmoqda.

Qarshi shahri va Muborak tumani tadbirkorlariga ham “Biznesga omad 2”, “Onlayn faktoring”, “Tezkor kredit 2”, “Biznes START-UP ” kabi bank kreditlari yuzasidan taqdimot namoyish etildi. Mahallalar imkoniyati doirasida daromad keltiruvchi yangi biznes loyihalarni tadbiq etish bo‘yicha o‘rtoqlashildi.

Qayd etish lozimki, joriy yilda bank tomonidan viloyatdagi 29 ta mahallada ishsizlik qisqartirish va biznesni rivojlantirish sa’y-harakatlari olib boriladi. Shu maqsadda kichik va o‘rta biznesga 240,3 mlrd. so‘m, iqtisodiy dasturlar doirasida esa, 86,9 mlrd. so‘m hajmida kredit ajratilishi mo‘ljallangan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.01.2025 10:31  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит