Yangiliklar

"Tenderda ishtirok etishga kredit": 1 kunda 3 milliard so`mgacha, mol-mulk garovisiz


01.06.2023

"Tenderda ishtirok etishga kredit": 1 kunda 3 milliard so`mgacha, mol-mulk garovisiz

SQB korxonalarning o`z resurslarini jalb qilmasdan tender ishtirokchilariga garov miqdorini to`lash uchun tezkor kredit taklif qiladi. Imtiyozli davr 15 oygacha.

Korxonalarning o`z resurslarini jalb qilmasdan tender garovini to`lash uchun tezkor kredit taklif qilamiz. Imtiyozli davr 15 oygacha. 

Bugungi kunda davlat buyurtmalari ochiq elektron tender savdolari bilan amalga oshirilmoqda. Bu tadbirkorlarga davlat xaridlarida faol ishtirok etish va o`z bizneslari uchun buyurtmalarni olish imkonini beradi.

Qoidaga muvofiq, tenderlarda ishtirok etish uchun ariza berishda g`olibning shartnomani imzolash bo`yicha majburiyatlarini bajarish kafolati sifatida moliyaviy ta`minotni (pul depozitini) kiritish talab qilinadi.

Ba`zida, tadbirkor tender e`lonini ko`rgan vaqtda depozitni to`ldirish uchun etarli pulga ega bo’lmasligi, yoki ariza berish va savdo natijalari o`rtasidagi davr ma`lum vaqt talab qilishi mumkin. Har kim ham kerakli garovni ta`minlab, o’z mablag’ini  muzlatib qo’yish imkoniga ega emas.

Bundan tashqari, davlat shartnomasini olish imkoniyatini oshirish uchun ba`zi tashkilotlar bir vaqtning o`zida bir nechta tenderlarga ishtirok qilishadi. Bu esa qo’shimcha mablag’larni talab qiladi.

O`zsanoatqurilishbankning "Tenderga Omad" kredit liniyasi bu vaziyatda, ehtimol, eng yaxshi echim hisoblanadi.

"Tenderga Omad" qayta tiklanadigan kredit liniyasi 18 oygacha bo`lgan muddatga tender ijrochisiga bir yoki bir necta savdolarda qatnashish imkoniyatini beradi. Kredit miqdori - 3 mlrd. so`mgacha, mablag’ ariza topshirilgandan keyin 1 kun ichida ajratiladi. Mulk garovi talab qilinmaydi. Imtiyozli davr 15 oygacha.

Shuni ta`kidlash kerakki, qurilish sohasi mamlakat iqtisodiyotining eng faol tarmoqlaridan biridir. Hamma joyda turar-joy inshootlari barpo etilmoqda, yangi ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarini qurishga talab ortib bormoqda. Aynan shu sohada yirik davlat buyurtmalarini ko`rishingiz mumkin.

"Qurilish sohasida raqobat yuqori", - deydi "Honobod qurilish loyiha" MChJ asoschisi va bosh direktori Umidjon Arapov, " bozorda 15 yil faoliyat yuritamiz, biz o`zimizni sifat va barqarorlik bilan isbotladik. Bugungi kunda davlat buyurtmalari ochiq tenderlar orqali amalga oshirilmoqda. Elektron savdolarning faol ishtirokchisi sifatida biz garov badallarini to'lash uchun bo`sh mablag`larga shoshilinch ehtiyoj seza boshladik. Biz SQBga murojaat qildik. Bank vaqtni yo`qotmasdan kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam berganidan mamnun bo`ldim. Biz kreditni 1 kun ichida oldik. Bundan tashqari, biz "Tenderga Omad" kredit liniyasidan bir necha bor foydalanishimiz mumkin ekan, bu bizga uzoq vaqt davomida zarur moliyaviy erkinlikni beradi".

Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, "Tenderga Omad" kredit liniyasi O`zsanoatqurilishbankdagi asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamiga ega mijozlar uchun ajratiladi. SQBda "Classic" depozitida mablag'lari bo`lgan tashkilotlar uchun foiz stavkasi pastroq bo`ladi.

"TENDERGA OMAD" ning batafsil shartlarini bankning rasmiy web-saytida www.sqb.uz yoki 1180 raqami orqali topish mumkin.





Boshqa yangiliklar

03/28/2024 06:10:14 pm
Obod yurtning obod banklari

Umumxalq hashari Oʻzsanoatqurilishbankda ham katta uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. ...

03/28/2024 06:09:23 pm
Oʼzsanoatqurilishbankning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi tijorat banklari orasida eng yuqori deb topildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2023-yil natijalari boʼyicha davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishd ...

03/28/2024 06:08:28 pm
O’zsanoatqurilishbankda xayriya ko’rgazmasi o'tkazildi

28-mart kuni O’zsanoatqurilishbank Bosh ofisida Markaziy bank, SQB hamda “Sen kuchlisan” loyihasi hamkorligida onkologik ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.06.2023 10:46  
up