Yurtimizda bayramlar arafasida koʻplab ezgu amallar qatori yangi korxonalarni ishga tushirish anʼanaga aylangan. Mustaqillikning 33-yilligi arafasida “BMB Agro Plus” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ochilishi ham jizzaxliklar uchun ajoyib toʻyona boʻldi.
Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlaridan biri. Serquyosh oʻlkamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar va poliz mahsulotlari nafaqat yurtimiz, balki xorijiy mamlakatlarda ham oʻz xaridoriga ega.
Jizzax viloyatidagi yirik klaster – BMB HOLDING negizida tashkil etilgan “BMB Agro Plus” korxonasi faoliyati qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlashga qaratilgan.
Umumiy qiymati 34,6 mln. dollar boʻlgan ushbu loyiha Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlandi. Korxonaga bank kredit mablagʻlari hisobiga Belgiya, Avstriya, Italiya, Turkiya va Xitoy davlatlaridan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatildi.
Loyihaga koʻra yiliga 40 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash moʻljallangan.
Buning uchun loyiha ikki bosqichda tadbiq etiladi. Birinchi bosqichda 21 ming tonna meva-sabzavotlar birlamchi chuqur qayta ishlanib, 12 ming tonnadan ortiq mahsulotlar quritiladi hamda 5 ming tonna murabbo, konserva, pyure va pasta kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Ikkinchi bosqichda esa 50 ming tonna dukkakli mahsulotlarni saralab, 1500 tonna mahsulotlarni sublimatsion usulda quritish, shok va akustika usulda muzlatish koʻzda tutilgan.
Eʼtiborlisi, yangi korxonaning ishga tushirilishi natijasida hududda 400dan ortiq ish oʻrinlari yaratiladi.


Bank Axborot xizmati
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...

