
Toshkent shahrida Tojikistonning “Amonatbank” davlat jamg‘arma banki Boshqaruv Raisi Ikromi Sirojiddin Salom boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida 2018 yilning avgust oyida O‘zbekiston va Tojikiston ishbilarmon doiralari ishtirokida o‘tkazilgan biznes forumda imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imkoniyatlaridan atroflicha foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmini oshirishga qaratilgan vakillik munosabatlari hamda savdoni moliyalashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Tojikistonning “Oriyоnbank” hamda “Bank Esxata” moliya muassasalari bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Buning samarasida O‘zbekiston metallurgiya kombinati mahsulotlari eksportini moliyalashtirish bo‘yicha 5 million dollarlik birinchi tranzaksiyalar amalga oshirildi.
Qolaversa, erishilgan natijalar bilan chegaralanib qolmasdan uzoq muddatli moliyalash, xalqaro hisob-kitoblar, kliring, to‘lov vositalari kabi yo‘nalishlarda ham hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.
Bank Axborot xizmati
Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...
Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

