Yangiliklar

Toshkent viloyatida xususiy tibbiyot maktabi ochildi


08.09.2022

Toshkent viloyatida xususiy tibbiyot maktabi ochildi

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan Toshkent tumanida Oʼzsanoatqurilishbankning moliyaviy koʼmagida qad rostlagan “DREAM SCHOOL” xususiy tibbiyot maktabi foydalanishga topshirildi. Аbu Аli Ibn Sino ilmi asosida oʼqitishga ixtisoslashtirilgan taʼlim maskani 600 oʼringa moʼljallangan boʼlib, oʼquvchilar arab va ingliz tillari hamda matematika fanini chuqurlashtirilgan tarzda oʼrganadilar.

          Prezidentimizning 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori asosida mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʼqitish va tarbiyalash tizimi takomillashmoqda, ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʼi tobora kengaymoqda.



          Toshkent viloyati Toshkent tumanida ish boshlagan “DREAM SCHOOL” xususiy tibbiyot maktabi shulardan biri.

          Taʼlim maskani Oʼzsanoatqurilishbank tomonidan ajratilgan kredit mablagʼi hisobiga zamonaviy uslubda barpo etildi. Oʼquv xonalari, kutubxona, logoped va tibbiy xonalar, sport zali va oshxona yangicha dizaynda jihozlandi. Xalqaro standartda suzish havzasi qurildi.

          – Davlatimiz rahbarining kadrlar tayyorlashga oid har bir nutqida taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini qoʼllash tizimni yangi bosqichga koʼtarishning eng muhim shartlaridan biri sifatida qayd etiladi, – deydi “DREAM SCHOOL” xususiy tibbiyot maktabining oʼquv ishlari boʼyicha mudirasi Sh.Аnvarova. – Joriy yilning 18-mart kuni ular boshchiligida tibbiyot xodimlari bilan oʼtkazilgan ochiq muloqotda ham muhim masalalar qatori sohani malakali kadrlar bilan taʼminlash boʼyicha yangi tashabbuslar ilgari surildi. Shu jihatdan qaraganda, loyihamiz ham taʼlim, ham tibbiyot islohotlariga mos va xosdir. Bu bizni quvontirishi barobarida, yuqori natijalarni koʼzlab harakatlanishimizga kuch bermoqda.

          Orzular maktabi nomini olgan ushbu taʼlim maskanida malakali, oliy toifali oʼqituvchilar oʼgʼil-qizlarga Britaniya dasturi asosida taʼlim beradilar. Oʼquvchilar 6-sinfdan boshlab mutaxassislikka yoʼnaltirilgan holda oʼqitiladi.

Bank Аxborot xizmati





Boshqa yangiliklar

04/18/2024 05:59:48 pm
O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekiston bazalt mahsulotlarini dunyoga tanitishda faol ishtirok etmoqda

          Forish tumanidagi “Basalt Uzbekistan” klasteri mamlakatimiz og‘ir sanoati qu ...

04/17/2024 03:17:48 pm
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

04/13/2024 04:54:15 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.09.2022 17:34  
up