“Umumjahon pul haftaligi – 2024” katta uyushqoqlik bilan o'tkazildi


03.05.2024 19:06

O'zsanoatqurilishbank hamda Markaziy bank Qoraqalpog’iston Respublikasi, Farg’ona, Andijon, Namangan, Buxoro va Samarqand viloyatlarda ochiq darslar o’tkazdi. 

"Umumjahon pul haftaligi" doirasida o’tkazilgan darslarga 19 ta umumta’lim maktabi va 3 ta oliy ta’lim muassasasi mezbonlik qildi. Mashg’ulotlarda 1100 dan ziyod tinlovchilar qatnashdi.

Bu yilgi darslar “Pullaringizni himoya qiling, kelajagingizni ta’minlang!” shiori ostida o’tkazildi. Unda o'zlarini o'qituvchi rolida sinab ko'rgan bankirlar "Pul o'zi nima? "Ilk jamg'armani qanday yaratish mumkin?", "Banklar bizga nima uchun kerak?" kabi mavzularda interfaol darslar olib borishdi.

O’tkazilgan mashg'ulotlarda o’quvchi va talabalarning zukkoligi, hozirjavobligi hamda o'tilgan mavzularni eslab qolish qobilyatlari o'ziga xos sinovdan o'tkazildi. 

Yakunda darslarning faol qatnashchilariga tashkilotchilarning esdalik sovg'alari topshirildi.

Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 03.05.2024 19:07  
up