Vodiylik tadbirkorlar bilan uchrashuv


28.11.2022 17:34

Vodiylik tadbirkorlar bilan uchrashuv

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Andijon va Fargʻona viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tajribali mutaxassisi – iqtisod fanlari doktori, professor Toʻlqin Boboqulov ishtirok etdi.

Hukumatimiz tomonidan Prezidentimizning shu yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan  oʻtkazgan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan yoʻl xaritasi ishlab chiqildi. Unda soha subyektlarini qoʻllab-quvvatlashda mazilli ishlar belgilandi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu vazifalar ijrosi doirasida  sohaga oid islohotlar mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish maqsadida tadbirlar oʻtkazila boshlandi.

Andijon va fargʻonalik tadbirkorlar ishtirokidagi uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professori Toʻlqin Boboqulov davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan uchrashuvidagi nutqining asosiy jihatlariga toʻxtaldi.

Ochiq muloqotda ilgari surilgan 5 ta yoʻnalishdagi tashabbuslar mamlakat va soha vakillari uchun qanday manfaat keltirishi ilmiy-amaliy jihatdan xalqaro tajribalar asosida tushuntirildi.

Korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida yondashuvlarni belgilash, yangi soliq yuklari, yangi loyihalarni amalga oshirishda qulay moliyalashtirish tizimini yaratish, mulk huquqini himoyalash borasidagi oʻzgarishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda tadbirkorlar ham soʻz oldi. Ularning bank bilan hamkorlikdagi yangi loyihalari ahamiyati muhokama etildi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

10/13/2026 09:06:18 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilis ...

10/13/2026 05:18:41 pm
Xorazm sayyohlik xaritasi yana bir manzil bilan boyidi

Tarixiy obidalari, betakror me’morchiligi va boy madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelayotgan Xiv ...

10/13/2026 11:09:09 am
SQBda xodimlarning kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 01.12.2022 12:54  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит