«Wunderkinds in Kungirad» bolalarni bag‘riga oldi


16.11.2018 10:18

Qo‘ng‘irot tumanida «O‘zsanoatqurilishbank» moliviy ko‘magida barpo etilgan «Wunderkinds in Kungirad» maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimida davlatimiz rahbari ishtirok etdi.

president.uz

Prezidentimizning maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham zamonaviy bolalar bog‘chalari bunyod etilmoqda. 

Qo‘ng‘irot tumanida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan «Wunderkinds in Kungirad» maktabgacha ta’lim muassasasi shulardan biri. 

Tumanda foydalanilmay turgan bino «nol» qiymatda olinib, «O‘zsanoatqurilishbank»ning imtiyozli krediti evaziga zamonaviy ta’mirlandi. Bolalarni qiziqtiradigan, dunyoqarashini boyitadigan o‘yinchoqlar bilan jihozlandi.

Bog‘chaga 90 dan ziyod bola qamrab olingan. Ularning yaxshi ta’lim-tarbiya olishi, to‘g‘ri ovqatlanishi, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalarga rus, ingliz tillari interfaol usullar orqali o‘rgatiladi.

Farzandlarimizni bolaligidan sog‘lom, aqlli qilib tarbiyalasak, ertaga maktabga bilimli yoshlar keladi. Maktabni o‘quvchilar har tomonlama bilimli bo‘lib bitirsa, institutlarimizga ilm-ma’rifatli, ma’naviyatli yoshlar boradi, mamlakatimiz uchun yaxshi kadrlar yetishib chiqadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim doim diqqatimiz markazida bo‘lishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz mutasaddi rahbarlar va bog‘cha xodimlariga tegishli tavsiyalar berdi.








Boshqa yangiliklar

10/13/2026 11:09:09 am
SQBda xodimlarning kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni ...

10/12/2026 03:33:45 pm
Qo‘ng‘irotda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va amaliy yechimlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni hal ...

10/12/2026 12:08:27 pm
SQB yoshlari: raqamli xavfsizlik va barqaror kelajak

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBda “Yoshlar kuni” doirasida xodimlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga q ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит