Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz!


05.03.2021 16:36

Muhtarama, aziz va munis ayollar! 

Sizlarni chin yurakdan Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! 

Biz Sizlarda bahor, goʻzallik va nafosat timsolini koʻramiz. Yuzingizdagi tabassum bizlarni yangi yuksak marralarga chorlaydi, gʻayrat va shijoat, qalblarimizga joʻshqinlik ato etadi. Gʻamxoʻrligingiz, mehringiz bilan dunyoni munavvar etasiz. 

Azaldan ayol oilaning charogʻoni, baxti va osoyishtaligi timsoli sifatida etirof etiladi. Bugun biz har birimizga hayot baxsh etgan, bizni dunyoga keltirgan Onamiz oldida bosh egib, shukronalik bilan taʼzim qilamiz.

Xotin-qizlarimiz haqiqiy yuksak kasbiy mahorat, masʼullik va mehnatsevarlikni namoyon etib, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida faol qatnashmoqdalar. Ular davlat va jamiyat boshqaruvi, fan va ishlab chiqarish, sogʻlikni saqlash va taʼlim, madaniyat va xizmat koʻrsatish sohalarida sidqidildan mehnat qilmokdalar. Shuningdek, ayollarimiz fermer va tadbirkor, huquqshunos va hisobchi, quruvchi va qutqaruvchi, jurnalist, psixolog va sportchi boʻlib, oʻzlarining bilim va salohiyatini ishga solmoqda. 

Bugungi bahor nafasi sizlarga bahoriy kayfiyat, yaqinlaringiz eʼtibori va yangi uchrashuvlar quvonchini tuhfa etsin. Sizlarga mustahkam sogʻlik, oilaviy hotirjamlik va cheksiz baxt tilaymiz!






Boshqa yangiliklar

10/16/2026 06:58:12 pm
SQB: strategik rivojlanish va korporativ boshqaruvdagi natijalar

Joriy yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Odilbek Isakovning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB (S ...

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 05.03.2021 17:49  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит