Yangiliklar

“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish: barqaror rivojlanishning innovasion yondashuvlari muhokama qilindi


15.04.2025 11:42

“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish: barqaror rivojlanishning innovasion yondashuvlari muhokama qilindi

Joriy yilning 15-aprel kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda “Yashil iqtisodiyotga o‘tish: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan 2025-yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”yili deb e’lon qilindi. Bu borada ishlab chiqilgan davlat dasturida global ekologik muammolarni hal qilishda ilm-fan va iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tajribani o‘rganish va innovasion yondashuvlarni joriy etish vazifalari belgilandi.

262A6444.JPG

Anjumanda mahalliy ta’lim va moliya muassasalari bilan bir qatorda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB), Fransiya Taraqqiyot agentligi, Yashil o‘sish bo‘yicha global institut (GGGI), shuningdek “Fitch Ratings”, “PricewaterhouseCoopers”, “BUREAU VERITAS” kabi nufuzli xalqaro tashkilotlardan yetakchi mutaxassislar, shuningdek, tadqiqotchi-olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida “yashil” iqtisodiyotdagi so‘nggi tendensiyalar, ESG tamoyillari, qayta tiklanuvchi energiya, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uni yumshatish bo‘yicha choralar, shuningdek “yashil” moliyalashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Milliy “yashil” tasnifni shakllantirish va xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etish orqali barqaror rivojlanishga olib keladigan mexanizmlar ko‘rib chiqildi.

O‘zsanoatqurilishbank “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni strategik yo‘nalish sifatida tanlagan. Bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Yakubov ta’kidlaganidek, yuzlab “yashil” loyihalar moliyalashtirilgan, xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda “yashil” kredit liniyalari jalb etilgan, ESG standartlari joriy qilingan. Qolaversa, bank ekologik va ijtimoiy yo‘nalishdagi tashabbuslarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

262A6408.JPG

– Joriy yil boshida “Sustainable Fitch” xalqaro agentligi tomonidan O‘zsanoatqurilishbankka umumiy 59 ball bilan “3” darajali ESG reytingi berildi, – dedi Shuhrat Yakubov. – Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan bankning “yashil” savdoni moliyalashtirishdagi hissasi bir necha bor e’tirof etildi.

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori Ilhom Mamatqulov ta’lim sohasining ushbu jarayondagi o‘rniga alohida urg‘u berdi:

– Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasi faqat kadrlar tayyorlash maskani emas, balki kelajak yetakchilarini shakllantiruvchi, ekologik va texnologik xatarlarga javob bera oladigan transformatsiya markazi bo‘lib xizmat qilmoqda, – dedi u.

Anjuman chog‘ida ilg‘or moliyaviy vositalar, banklarning barqaror o‘sishga qo‘shayotgan hissasi haqida ham ma’ruzalar tinglandi. Ochiq muloqotlar, tajriba almashinuv va yangi xalqaro hamkorliklarning asosi qo‘yildi.

262A6511.JPG


#birdamjamiyat
#tabiatniasra





Boshqa yangiliklar

04/18/2025 05:59:09 pm
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun SQB bosh ofisida mahorat darsi o’tkazildi

Tadbir nafaqat nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, balki o‘z sohasining professionallari bilan bevosita muloqot qilish i ...

04/18/2025 02:27:50 pm
SQB korporativ qiyofasida milliylik aksi

Milliy libos – qadriyat, iftixor va ruhiy yaqinlik ramzi. Shu bois O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tizimida milliy li ...

04/18/2025 12:40:53 pm
Korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 16.04.2025 11:41  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo