“Yashil” loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari boʻyicha bank xodimlari malakasi oshirildi


13.09.2023 18:27

“Yashil” loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari boʻyicha bank xodimlari malakasi oshirildi

Joriy yilning 13 sentabr kuni “Hyatt Regency” mehmonxonasida Yevropa investitsiya banki (EIB)ning “Oʻzbekistonda energiya tejovchi texnologiyalarni moliyalashtirish boʻyicha texnik koʻmak” dasturi doirasida seminar oʻtkazildi. Unda mamlakatimizdagi yirik tijorat banklari qatori Oʻzsanoatqurilishbank xodimlari ham ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda YEIB kredit liniyalarini oʻzlashtirish va ushbu mablagʻlar hisobidan mijozlar loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari boʻyicha batafsil tushuntirishlar berildi. YEIB vakillari ushbu kredit liniyasi boʻyicha biznes jarayonlarda kuzatilishi mumkin boʻlgan holatlarda maslahat va texnik koʻmakka tayyor ekanligini bildirdi.

Seminar dasturiga koʻra, har bir hamkor bank uchun individual davra suhbatlari ham tashkil etildi. Unda istiqbolli loyihalar tahlil qilinib, YEIB kredit liniyasini rivojlantirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Tadbir soʻngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/13/2026 09:06:18 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilis ...

10/13/2026 05:18:41 pm
Xorazm sayyohlik xaritasi yana bir manzil bilan boyidi

Tarixiy obidalari, betakror me’morchiligi va boy madaniy merosi bilan sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelayotgan Xiv ...

10/13/2026 11:09:09 am
SQBda xodimlarning kommunikatsiya ko‘nikmalari rivojlantirilmoqda

“O‘zsanoatqurilishbank”da xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, jamoatchilik bilan samarali muloqotni ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 14.09.2023 16:11  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит