“Yashil makon” – farovon hayot poydevori


08.04.2025 14:25

“Yashil makon” – farovon hayot poydevori

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy, Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot hamda Surxondaryo viloyatining Uzun va Denov tumanlariga 2930dan ziyod turli daraxt ko‘chatlari ekildi, 26 400 ta mevali daraxt ko‘chati esa, aholi xonadonlariga yetkazib berildi.

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi turmush tarzini yaxshilash borasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Aytish joizki, O‘zsanoatqurilishbank ham yurtimizda yashil maydonlarni kengaytirib, ekologiya sohasidagi faoliyatini faol davom ettirmoqda.

Xususan, joriy yilning mart oyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpog‘istonning Chimboy, Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot hamda Surxondaryo viloyatining Uzun va Denov tumanlarini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 2930dan ziyod turli daraxt ko‘chatlari qadaldi. 1427 ta kambag‘al oilaga 26,4 ming tub mevali daraxt ko‘chati yetkazib berildi.

Shuningdek, ushbu tumanlardagi ko‘chalar, bog‘cha, maktab, mahalla guzarlari hamda kam ta’minlangan aholi xonadonlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. Bank xodimlari va ko‘ngillilardan iborat 245 ming nafar fuqaro ishtirokidagi hashar davomida 75 ming tub turli daraxt ko‘chatlari ekildi. 210 ta qabriston obod qilindi, 2599 ta ko‘chadagi chiqindilar olindi, 225 km. hajmdagi lotoklar tozalanib, 31 km.ga teng lotoklar betonlandi.

Bundan tashqari, bank tomonidan ushbu hududlardagi og‘ir mahallalarning sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha qiymati 50,9 mlrd. so‘mlik 31 ta loyiha shakllantirildi.

Shu yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, mazkur loyihalarning 7 tasida qurilish ishlari yakunlangan bo‘lsa, qolgan loyihalar bo‘yicha qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

 

Bank axborot ximati





Boshqa yangiliklar

12/11/2025 03:06:10 pm
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

12/10/2025 06:01:13 pm
Jizzaxda korporativ mijozlar uchun amaliy muloqot va xizmatlar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank Korporativ markazi tomonidan Jizzax viloyatida qator tashkilot va muassasalar xodimlari bil ...

12/05/2025 04:54:00 pm
SQB milliy qadriyatlarni mehnat muhitida tatbiq etmoqda

Milliy libos – qadriyat, iftixor va ruhiy yaqinlik ramzi. Shu bois O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tizimida milliy li ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2025 16:05  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo