YETTB bilan hamkorlikda tavakkalchiliklarni taqsimlashga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi


18.10.2023 14:21

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank bosh ofisida Yevropa tiklanish vа taraqqiyot banki (ETTB) bilan hamkorlikda “Tavakkalchiliklarni taqsimlash va barqaror investitsiyalar” qoʻshma dasturi doirasida navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi. Unda bank xodimlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari ishtirok etdi. 

Seminarning asosiy maqsadi mamlakatimizda kichik va oʻrta biznes subyektlariga oʻz faoliyatini yanada yaxshilashga hamda ularning ekologik va ijtimoiy muammolarni hal etishda faol pozitsiyasini taʼminlashga koʻmaklashishga qaratildi.
Tadbirda YETTBning moliyaviy instrumentlari, shu jumladan, qarz oluvchilar uchun ragʻbatlantirish va imtiyoz turlari boʻyicha opsiyalar batafsil koʻrib chiqildi, ishlab chiqarishning atrof-muhitga zararli taʼsirlari oqibatlarini yumshatishga hissa qoʻshuvchi moliyaviy mahsulotlar haqida maʼlumot berildi. Ishtirokchilar tavakkalchiliklarni taqsimlash dasturi imkoniyatlari bilan tanishtirildi. 
Dastur moliyalashtirishning maxsus mexanizmi boʻlib, u Oʻzsanoatqurilishbankka kichik va oʻrta biznes yoʻnalishidagi mijozlarining loyihalari xavfini YETTB bilan birgalikda kafolatlash orqali kreditlash imkonini beradi. 
Shuningdek, Oʻzsanoatqurilishbankning ushbu dasturdagi ishtiroki loyihaviy moliyalashtirish va boshqa bank-moliya muassasalaridagi YETTB kredit kafolatlarini qabul qilishda xavflarni taqsimlash hisobiga iqtisodiy kapitaldan samarali foydalanishda qulay sharoit yaratdi. 
Seminarda ishtirokchilar kredit takliflarini shakllantirish, moliyaviy tahlil va modellashtirish hamda loyihalar monitoringi davomida aniqlangan risklarni baholash boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi. 

Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...

09/29/2026 05:51:41 pm
SQB “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududida talaba yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlas ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.10.2023 14:22  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит