YTTB O‘zsanoatqurilishbankning “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi


20.05.2024 12:56

YTTB O‘zsanoatqurilishbankning “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholadi

Joriy yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi Armaniston Respublikasining Yerevan shahrida bo‘lib o‘tdi. Yirik anjumanda O‘zsanoatqurilishbankning “yashil” bank faoliyati YTTB tomonidan ketma-ket to‘rtinchi bor e'tirof etildi.

“Yashil” bank O‘zsanoatqurilishbank faoliyatining muhim yo‘nalishiga aylangan. Uzoq yillik transformatsiya jarayonida muassasa qator xalqaro moliya institutlari, shu jumladan, YTTB bilan hamkorlikda istiqbolli “yashil” tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.

Xususan, tomonlar o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, energiya tejamkor va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida 400 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi.

“Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish” va “Tavakkalchilikni taqsimlash” mexanizmlari bo‘yicha ham samarali ishlar olib borildi.

Pirovardida, bugungi kunga kelib bankning “yashil” kredit portfeli hajmi 567 mln. dollarga yetkazildi. Shu jumladan, 2023-yilda 247 mln. dollarlik, 2024-yilning oʼtgan davrida esa, 86 mln. dollarlik “yashil” kreditlar ajratildi. Natijada 6 800ga yaqin ish oʼrni yaratildi.

Joriy yilning 14-may kuni Yerevanda o‘tkazilgan YTTB Boshqaruvchilar kengashining 33 yillik yig‘ilishida Bankka taqdim etilgan navbatdagi mukofot “Yilning yashil savdo bitimi” deya ta'kidlandi.

Bu bilan bankning savdoni moliyalashtirish sohasidagi xizmatlari sifati yuqori baholandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda YTTBning Boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi Samarqand shahrida o‘tkazilgan bo‘lib, unda YTTB O‘zsanoatqurilishbankni “Savdoga ko‘maklashish” dasturi doirasida “Yilning eng yaxshi yashil loyihasi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlagan edi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.08.2025 16:05  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит