O‘zsanoatqurilishbankdan tadbirkorlar uchun biznes motivatsiya


27.12.2024 15:00

O‘zsanoatqurilishbankdan tadbirkorlar uchun biznes motivatsiya

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan poytaxtimizning “Hilton” mehmonxonasida tadbirkorlar bilan motivatsion biznes uchrashuv tashkil etildi. Unda “MFaktor” asoschisi Hasan Mamasaidov ishtirokchilarga biznesga oid zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berdi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasidagi davlat siyosati tobora takomillashib bormoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan mazilli chora-tadbirlar ijrosida tijorat banklari ham hissa qo‘shmoqda.

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 16-dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Bank xizmatlarining mahalla darajasigacha tushirilgani yaxshi natija berayotgani qayd etilib, ushbu ijobiy tajribalarini kengaytirish, mavjud muammolarini hal qilishga qaratilgan 2025-yil uchun asosiy rejalar belgilandi.

Ta’kidlash joiz, O‘zsanoatqurilishbank hukumatimiz tomonidan ilgari surilayotgan barcha iqtisodiy dasturlarda faol qatnashmoqda. Xususan, joriy yilda bank tizimida aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ular bandligini ta’minlash va daromadini oshirish maqsadida olib borilgan ishlar natijasida qariyb 8 000 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etildi, barcha yo‘nalishlar hisobiga 262 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Kelgusi yilda bank tomonidan “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosidagi ishlar izchil davom ettiriladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga “Biznesga ikkinchi qadam” va “Tezkor kredit” kabi imtiyozli kreditlar taklif etiladi. “Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi.

Umuman, 2025-yilda barcha yo‘nalishlar hisobiga 400 ming aholi bandligi ta’minlanadi. Shundan, 162 mingtasi doimiy, 240 mingga yaqini tadbirkorlikka jalb qilish hisobiga erishiladi.

– Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida bankimiz tizimida alohida yondashuvlar ham mavjud, masalan, bir hududdagi salohiyatli tadbirkorga yengil kredit bergan holda, loyihasini og‘ir tumanda tadbiq etib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga hissa qo‘shilmoqda, – deydi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Sanjar Abduvaliyev. – Muhtaram Prezidentimiz ushbu tashabbusimizni ma’qullab, uni boshqa tijorat banklarida ham qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma berdi. 2025-yilda mazkur tajribani davom ettirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatlariga boshqa hududlardan tadbirkorlar jalb qilishni mo‘ljallaganmiz.

Poytaxtlik tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda shu maqsadda shakllantirilgan 30dan ortiq loyihalar, ularni tadbiq etishda mavjud bo‘lgan imtiyoz va qulayliklar hamda muammo va to‘siqlar muhokama qilindi.

Bank tizimida amalda bo‘lgan turli kredit mahsulotlar, onlayn faktoring, “Green banking”, eksportni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi moliyaviy takliflar, shuningdek “SQB Business” mobil ilovasi va undagi onlayn xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bank qoshida tashkil etilayotgan Mikromoliya va faktoring kompaniyasi, startaplarni biznesga aylantiradigan akseleratorlar faoliyati xususida tushunchalar berildi.

Biznes-motivator Hasan Mamasaidov chiqishida esa, ishtirokchilar jahon biznes hamjamiyatida qo‘llanilayotgan yangi tamoyillar, tarmoqlar va texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirildi. Yangi hududda yangi ish boshlashga to‘sqinlik qiluvchi turli sarobiy o‘y-fikrlar va ruhiy bosimni yengish sirlaridan voqif bo‘lishdi. Trener ma’ruzasida loyihalarni puxta amalga oshirishning zamonaviy nazariy qarashlari ham keltirib o‘tildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.12.2024 15:44  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит