Aniqlanishicha, Sirdaryo viloyati BXO mijoz menejerlar guruhi tarkibida faoliyat olib boruvchi 3 nafar xodim mijozlarga kredit mablag‘lari ajratish jarayonida, shuningdek kredit ta’minoti sifatida sug‘urta polisi rasmiylashtirilayotganda, amalda to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta mukofotidan ortiqcha mablag‘larni mijozlarni chalg‘itish yo‘li bilan asossiz undirish holatlari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, uning yakuniga ko‘ra xodimlar (M.H, B.B va M.M)ga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish tarzida intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra to‘plangan materiallar aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun Sirdaryo viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.
Agar fuqarolar va mijozlarda korrupsion omillar yoki qonunbuzilish holatlari yuzasidan ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishonch liniyalariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan monitoring va xizmat tekshiruvi natijasida J ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan olib borilgan monitoring va tezkor o‘rganishl ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida qonunbuzilish h ...

