Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Xususan, Farg‘ona BXO katta biznes menejeri A.D. tomonidan yuridik shaxs hisoblangan mijozga avtomashina xarid qilish uchun kredit mablag‘lari ajratish jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi hamda kredit bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov mablag‘lari o‘tkazilishida to‘lov hujjatlaridagi ma’lumotlar soxtalashtirish yo‘li bilan qalbakilashtirilganligiga shubha uyg‘otuvchi holatlar mavjudligi aniqlandi.
Shuningdek, “Quyosh batareyasi” sotib olish uchun ajratilgan iste’mol krediti mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilganligi hamda bank mijozi — tadbirkorlik subyektiga ajratilgan kredit mablag‘lari shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatilgani natijasida kredit mablag‘lari maqsadsiz sarflangani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, maqsadsiz ishlatilgan kredit mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq undirildi va xodim A.D. bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
To‘plangan materiallar huquqiy baho berish uchun Farg‘ona viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Fuqarolar va mijozlardan korrupsiyaviy holatlar yoki boshqa qonunbuzilishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan taqdirda, bankning korrupsiyaga qarshi kurashishga mo‘ljallangan ishonch liniyalariga murojaat qilishlari so‘raladi.Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan monitoring va xizmat tekshiruvi natijasida J ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan olib borilgan monitoring va tezkor o‘rganishl ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida qonunbuzili ...

