Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan o‘tkazilgan monitoring va xizmat tekshiruvi natijasida Jizzax bank xizmatlari ofisida imtiyozli kreditlar ajratish jarayonida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Tekshiruv davomida ayrim xodimlar tomonidan me’yoriy hujjatlar talablari buzilgani, kredit monitoringi hujjatlari soxtalashtirilgani, kredit mablag‘lari noqonuniy ajratilgani hamda imtiyozli kredit ajratish tartibini chetlab o‘tishga qaratilgan noqonuniy harakatlar sodir etilgani aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan aybdor xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari, jumladan mehnat shartnomasini bekor qilish, jarima va “hayfsan” intizomiy jazolari qo‘llanildi.
Shuningdek, xizmat tekshiruvi materiallari holatlarga huquqiy baho berish uchun Jizzax viloyati prokuraturasiga yuborildi.
Fuqarolar va mijozlardan korrupsiyaga oid yoki boshqa qonunbuzilish holatlari haqida bankning ishonch aloqa kanallari orqali xabar berishlari so‘raladiBankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...
Bankning Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan tizimda bank xizmatlarini koʻrsatishda qonunb ...

